N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Konstruksiyalarni 
oldindan 
yiriklashtirish. 
Oldindan 
yiriklashtirish darajasiga bog‘liq holda quyidagilarga ajratiladi: 
• alohida konstruktiv elementlar bilan montaj qilish; 
• oldindan yiriklashtirilgan yassi va hajmiy bloklar bilan montaj 
qilish; 
• kompleks bloklarni muhandislik va texnologik jihozlari o‘rnatilgan 
va mahkamlangan elementlari bilan montaj qilish. 


74 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari 
– ustunlar va fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. 
Ko‘pincha metall elementlar – kran osti to‘sinlari, ustunlar, deraza 
panjaralari, bog‘lamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks yiriklashtirilgan 
bloklar – metall ko‘taruvchi konstruksiyali va samarali yengillashtirilgan 
ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi. 
Konstruksiyalarni 
rulonlashtirish 
usuli 
– 
metall 
listli 
konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ishning bir turi bo‘lib metall 
konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul 
rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik 
idishlarini (sig‘imlarini) montaj qilishda qo‘llaniladi. 
Ko‘tarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 
Montaj kranlariavtomobil, pnevmog‘ildirakli, maxsus shassiga 
o‘rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo‘lli. 
Kransiz moslama – chig‘ir, polispast, ko‘targichlar, domkratlardan 
foydalanib, konstruksiyalarni ko‘tarish va joylash uchun. 
Yuk ko‘taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, 
portal ko‘targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko‘tarish 
qobiliyatidan ortiq bo‘lgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish 
uchun. 
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash 
muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda
juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo‘llaniladi: 
• yuk ko‘tarish qobiliyati 6,3...16 t bo‘lgan avtomobil kranlari; 
• pnevmog‘ildirakli kranlar (10...100 t.); 
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) 
• minorali kranlar (60...100 t); 
• temir yo‘l kranlari (16...30 t); 
• chorpoya kranlar (15...100 t.); 


75 
Temir yo‘l va chorpoya kranlarini odatda montaj ishlarini bajarish 
uchun loyihalashtirilmaydi, ammo qayta qurishda yoki kengaytirishda 
bunday kranlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish majmuilarida ular ishlarini 
amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. 
Ayniqsa yengil turdagi binolarni elementlab montaj qilishda 
ko‘pincha avtomobil va gusenitsali kranlar qo‘llaniladi, chunki ular ko‘proq 
xarakatchan, ishlashda qulayligi bilan farq qiladi. O‘rtacha va og‘ir turdagi 
bir qavatli binolarni blokli va yirik blokli montaj qilishda katta ko‘tarish 
qobiliyatiga ega, ko‘pincha minora-strelali qurilma bilan jihozlangan 
gusenitsali kranlardan foydalaniladi. Bunday montaj qilishda ko‘pincha 
minorali kranlarni va SRK relsli kranlarni qo‘llanish nazarda tutiladi.
Ulardan biri SRK – 3500 (yuk momenti 3500 t bo‘lgan strelali relsli kran) 
35 m kulochda 100 t gacha yuk ko‘tarishi mumkin. 
Kranosti yo‘llarini qurish zarurligi minorali va strelali relsli 
kranlarning qo‘llanilishini ancha murakkablashtiradi. Pnevmog‘ildirakli 
kranlar yaxshigina yuk ko‘tarish va geometrik tavsiflarga ega, lekin montaj 
ishlarini bajarishda nisbatan kam qo‘llaniladi. Nisbatan og‘ir 
konstruksiyalarni montaj qilish uchun bunday kranlarga chiqariluvchi 
tayanchlar o‘rnatish talab etiladi, bu esa montaj ishlari sur’atini ancha 
pasaytiradi, shuning uchun gusenitsali kranlar qo‘llash afzaldir.
Binoning karkaslarini montaj qilish uchun montaj qiluvchi kranlarga 
bo‘lgan faqat ehtiyojnigina emas, balki ularni joylashtirishni ham 
loyihalashtirish zarur. Ishlar amalga oshirilayotgan joyda mavjud kranlarga 
bog‘liq holda, ularni arendaga olish imkoniyatlariga, shuningdek binoning 
konfiguratsiyasiga, uning geometrik tavsiflariga, konstruktiv yechimlarining 
xususiyatlariga bog‘liq holda qaror qabul qilinadi. Odatda kranlar 
joylashuvining ikki varianti tahlil qilinadi: 
1. Kran bino karkasi ichida joylashgan. Montaj qilish “o‘ziga tomon” 
amalga oshiriladi, kran orqaga tisarilib, karkasning montaj qilingan 


76 
yacheykalarini qoldirib montajni amalga oshiradi. Montaj qilishni bunday 
tashkil etishda elementlarni ko‘tarish joyida ularni oldindan joylashtirib 
olish oson. Konstruksiyalar montaj qilish zonasiga kran harakatiga qarshi 
tomondan yetkazib beriladi. Bunda konstruksiyalarni tushurish va ularni 
montaj qilish karkasning turli xil yacheykalarida amalga oshiriladi va 
ishchilar bir – birlariga xalaqit berishmaydi. Kranning bino karkasi ichida 
xarakatlanishi qurilish amaliyotida juda keng tarqalgan, u oqilona va 
iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. 
2. Kran montaj ishlarini bino karkasining tashqarisidan amalga 
oshiradi. Bunday qaror binoning yer osti xo‘jaligi rivojlangan holatda, 
demak yer ishlari hajmi, texnologik jihozlar ostiga poydevorlar qurish 
bo‘yicha 
beton 
ishlari 
hajmi 
katta 
bo‘lganda 
muhandislik 
kommunikatsiyalari tunnellar bilan yotqizilganda qabul qilinadi. Bu holda 
konstruksiyalarni montaj qilishga uzatish montaj qilish yo‘nalishida yoki 
boshqa tomondan amalga oshiriladi, bu qurilish maydonchasidagi aniq 
sharoitlarga bog‘liq. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling