N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Karkas elementlarini o‘rnatish ketma – ketligi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.3. Karkas elementlarini o‘rnatish ketma – ketligi 
 
Elementlarni o‘rnatish ketma – ketligiga bog‘liq holda montaj 
qilishning 
differensial 
(alohida), 
kompleks 
va 
aralash
(kombinatsiyalashgan) usullari qo‘llaniladi.
Differensial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda 
mustaqil oqimlar bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi 
oshadi va kranlarni yuk ko‘tarish qobiliyatidan yanada to‘laroq 
foydalaniladi. Differensial montaj bitta yoki bir – birining ketidan 
harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi 
mumkin. 


77 
Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma 
– ket o‘rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari 
to‘liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini ta’minlab
bo‘lmaydi. Barpo etilayotgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila 
fermalari o‘rnatilganda fermalarga plitalarini o‘rnatish uchun montaj 
kranidan foydalanish qiyin bo‘ladi yoki imkoni bo‘lmaydi. 
Kompleks usulda barcha konstruksiyalarni o‘rnatish bir oqimda olib 
boriladi, natijada binoning to‘liq montaj qilingan yacheykalari paydo 
bo‘ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy 
muddatlari qisqaradi.
Montaj qilishning kompleks usuli konstruksiyalarni binoning har bir 
yacheykasida kompleks o‘rnatishdan iborat va karkasining konstruksiyalari 
metalldan bo‘lgan binolar uchun xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval 
to‘rtta ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat ta’minlanadi va 
ular orasida zarur bo‘ylama bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Keyin ikkita kranosti
to‘sini o‘rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi. Yacheykani montaj 
qilish stropila fermalarini progonlar va bog‘lanishlar bilan o‘rnatish, yopma 
elementlarni qo‘yish orqali tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni 
o‘rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan elementlar soni 
o‘zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruksiyalarning 
massalaridagi farq katta bo‘lganda qo‘llanish maqsadga muvofiq emas. 
O‘z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash 
usulda elementlarni o‘rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Yig‘ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo‘lgan bu 
usul poydevorlar stakanlarini, ustunlarini, kranosti to‘sinlarini, devor 
panellarini, pardadevorlarini, deraza panjarasini alohida o‘rnatishga va
stropilaosti, stropila konstruksiyalarini, ustyopma panellarini va ba’zida 


78 
kranosti to‘sinlarini kompleks usulda, yagona oqimda montaj qilishga
imkon beradi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling