N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


O‘ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo‘nalishini


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

O‘ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo‘nalishini 
tanlash. Montaj qilish yo‘nalishini tanlash – bir qancha parametrlar bilan – 
konstruktiv sxemaning xususiyatlari, ayrim oraliqlar yoki bino qismlarining 
texnologik jihozlarini ketma – ket montaj qilish uchun topshirish zaruriyati, 
texnologik liniyalarning joylashuvi va ularning o‘zaro bog‘lanishi bilan 
aniqlanadi. Montaj ishlarini tashkil etish ob’yektini qurishda ishtirok 
etuvchi tashkilotlar tomonidan ishlarni paralel bajarishini, binoning ayrim 
uchastkalarini texnologik jihozlarni montaj qilish uchun, ayrim qismlar, 
oraliqlar yoki qamrovlarni foydalanishga tez topshirishni ta’minlash kerak.
Ob’yektning asosiy o‘qlariga nisban montaj qilish yo‘nalishiga 
bog‘liq holda, konstruksiyalarni o‘rnatish alohida oraliqlar bo‘yicha olib 
boriladigan bo‘ylama montaj va bino yacheykalari ko‘ndalang yo‘nalishda 
montaj qilinadigan ko‘ndalang yoki seleksion montaj bilan farqlanadi (8.1-
rasm). Ko‘ndalang montaj binoni foydalanishga topshirish binoning 
ko‘ndalangiga alohida seksiyalar bo‘yicha nazarda tutilganda yoki 
mexanizmlarning o‘rnini almashtirishni ancha qisqartirishga imkon 
beruvchi, ta’sir doirasi katta bo‘lgan kranlardan foydalanilganda 
qo‘llaniladi. 
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakat yo‘nalishini tahlil qilish faqat o‘zi 
yurar kranlar uchun va karkasida stropilaosti fermalari bo‘lmagan, bir 
qavatli fonarsiz sanoat binolarini barpo etishda mumkin.


79 
8.1-rasm. Bino karkasini bo‘ylama (a) va ko‘ndalang (b) montaj qilish sxemasi. 
Usul asosan faqat yopma elementlarini montaj qilish uchun asosiy 
ikki sababga ko‘ra aniqlanadi– strelasining qulochi ancha katta bo‘lganda 
mavjud montaj kranining yuk ko‘tarish qobiliyati yetarlicha bo‘lmaganda 
va bir qator ko‘ndalang yacheykalarni navbatdagi texnologik jihozlarni 
montaj qilish va pardozlash ishlarini bajarish uchun tezda bo‘shatish 
zarurligi sababli (8.2.-rasm).
Bo‘ylama usulda bino alohida oraliqlar bo‘yicha ketma – ket montaj 
qilinadi, bu esa qisqa muddatlarda ularni texnologik uskunalarni montaj 
qilishga topshirishga imkon beradi. Montaj qiluvchi kran montaj amalga 
oshirilayotgan yacheykadan tashqarida joylashadi va ustyopma plitalarini 
montaj qilish montaj qilingan stropila konstruksiya ustidan olib boriladi.
Tomyopma plitasining fazoda kran strelasi bo‘ylab joylashganligi,
nihoyatda ma’qul emasdir. 


80 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling