N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.2. Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi 
xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 
• binolarning karkaslari po‘lat, yig‘ma temirbeton va aralash 
konstruksiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar – temirbetondan, devor 
panellari – bir yoki ko‘p qatlamli, kran osti to‘sinlari, fermalar, bog‘lamalar 
va po‘lat – ustyopma elementlari; 
• binoning o‘lchamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning ta’sir 
ko‘rsatish doirasidan ortiq bo‘ladi; 
• bir qator konstruksiyalar – katta balandlikdagi va massadagi 
ustunlar, kuchli kran osti to‘sinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning 
hajmdor elementlarini – qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj 
qilishga to‘g‘ri keladi; 
• binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) o‘rnatish bilan 
bog‘lash zarur.
Po‘lat konstruksiyali bir qavatli sanoat binolarini 18, 24, 30 va 36 m 
oraliqli va 30 m balandlikgacha qilib loyihalanadi va barpo etiladi. 
Temirbeton konstruksiyali bir qavatli binolar 12, 18, 24, va 30 m oraliqga 
14.4 m balandlikgacha (ustunni yuqori qismigacha) va 24, 30 va 36 m 
oraliqli va 18 m balandlikgacha qilib loyihalanadi. 
Bir qavatli sanoat binolari oralig‘i, ustunlar qadami va balandligiga 
bog‘liq holda quyidagi turlarga bo‘linadi: yengil oralig‘i 6...18 m, balndligi 
5...12 m; o‘rtacha oralig‘i 18...30 m, balandligi 8...24 m; og‘irlik oralig‘i 
24..36 m, balandligi 18...30 m. 
Katta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va 
montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari: 
• montaj ishlari hajmi; 
• binoning hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlari; 


73 
• montaj qilishning va umuman binoni barpo qilishning belgilangan
muddatlari; 
• montaj mexanizmlarining mavjud parki. 
Turli xil binolarning konstruksiyalarini montaj qilish usullari 
quyidagilarga bog‘liq holda ajratiladi: 
• qo‘llaniladigan ko‘tarish – montaj qilish jihozlariga qarab – kranli 
va kransiz usullar; 
• montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish 
darajasiga qarab – elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yig‘ish, 
rulonlash; 
• elementlarni loyiha holatiga o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha; 
• yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga 
o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha; 
• montaj qilishda kranning bino bo‘ylab va ko‘ndalangiga 
harakatlanishi; 
• elementlarni tayanchga keltirish va o‘rnatish usullari; 
• konstruksiyalarni vertikal bo‘yicha yig‘ish ketma – ketliklari; 
• montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruksiyalar 
ishlashining konstruktiv xususiyatlari; 
• ob’yektni barpo etish yo‘nalishlariga qarab – surish, vertikal 
ko‘tarish, burish usullari. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling