N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 - rasm. Poydevor yostiqlarining holatini belgilash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

7.2 - rasm. Poydevor yostiqlarining holatini belgilash:
1 – obnoska, 2 – qirradagi (chetdagi) poydevor yostiqlari; 3 – prichalka. 
Asos belgisi nivelirlash bilan tekshiriladi. Lentali poydevorlarni 
montajini burchaklardagi mayoq bloklardan va devorlar kesishgan 
joylardan boshlanadi. SHundan so‘ng reja-ip bloklarning yuqori – tashqi 


67 
qirrasiga darajasigacha ko‘tariladi va unga ko‘ra barcha oraliq bloklar 
joylashtiriladi. 
Yon qo‘yinlar va blok yostiqlar orasidagi 10...15 sm gacha 
ochiqliklar (ajralishlar) montaj qilish jarayonida qum bilan to‘ldiriladi va 
zichlashtiriladi. Gruntni ortig‘i bloklar sirtidan sidirib olib tashlanadi. 
Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylarda blok -yostiqlar zichlab 
joylashtiriladi, ular orasidagi qo‘shilgan joylar beton qorishmasi bilan 
tuldiriladi. Mayoqli yostiqlar o‘rnatilgandan so‘ng prichalka yostiqlar 
qirrasining yuqori qirrasi satxigacha ko‘tariladi. 
Odatdagi gruntlarda poydevorlar yostiqlari yuqorisi gorizontal 
gidroizolyatsiya qilinadi, uning ustidan 30 mm qalinlikda sement qorishma 
tortiladi. Kuchsiz gruntlarda va poydevorlarning notekis cho‘kishi mumkin 
bo‘lgan holatlarda poydevor yostiqlari usti bo‘yicha sement – qum 
qorishmasiga armatura to‘ri joylashtiriladi, bu yuqorida yotgan bloklar va
konstruksiyalardan tushadigan yuklanishlarning ancha bir tekis 
taqsimlanishiga olib keladi. To‘r sterjenlari diametri loyihaga ko‘ra qabul 
qilinadi, lekin 5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Sement suvog‘i (qorishma) 
qilinishi tugatilgandan keyin kotlovani montaj qilingan poydevor yostiqlari 
yuqorisigacha grunt bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq. 
Poydevor asos osti sifatida shibbalab zichlashtirilgan shag‘al o‘stidan 
qo‘yilgan beton tayyorgarlik yoki ayrim hollarda, asos plitasi xizmat qiladi. 
Vertikal opalubka geodezik rejalash bo‘yicha berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling