N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 


63 
VII BOBSANOAT VA FUQARO BINOLARI UCHUN NOL
SIKLI ISHLARI 
 
Qurilish maydonini o‘zlashtirish jarayonida dastlab uni vertikal 
rejalash bo‘yicha ishlar bajarilishi, vaqtinchalik yo‘llar qurilishi yoki 
doimiy yo‘llar uchun monolit temir beton asoslar qurilishi, transformator 
podstantsiyasi montaj qilinishi kerak. 
Nol siklidagi ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• kotlovanni kavlab, asosini fundament (poydevor) uchun tozalash; 
• suvni chiqarish va suv satxini kamaytirish
• binoning yerosti qismini montaj qilish uchun tayyorgarlik ishlari – 
o‘ziyurar kran uchun kuchaytirilgan asosni qurish; 
• kovlangan kotlovanda poydevorlar o‘qlarini rejalash; 
• binoning yerosti qismini, shu jumladan poydevorni, poydevor 
to‘sinlarini, yerto‘la devorlarini montaj qilish; 
• vodoprovod, kanalizatsiya, gazoprovod, issiqlik tarmog‘i,suv oqib 
chiqishi, drenaj kanalizatsiyasi, telefon va elektrokabellarning yerosti 
kommunikatsiyalarini o‘tkazish; 
• pol qurish uchun betonli asosni tayyorlash; 
• binoning yerosti qismi ustidan orayopmani montaj qilish; 
• poydevorlar va yerto‘la devorlarini gidroizolyatsiyalash; 
• quyinlarga gruntni zichlashtirib qayta tukish; 
• binoning yer ustki qismini montaj qilishga tayyorgarlik ishlari – 
kranosti yo‘llarini kuchaytirilgan asosga o‘rnatish va minorali kranni montaj 
qilish. 
Nol sikli ishlari gruntqa ishlov berish texnologiyalariga va yer 
inshootlarining turli xildagi, shakldagi va kunduzgi sirtga nisbatan 
joylashgan turlariga asoslanadi. Mazkur darslikda bu texnologiyalar 


64 
mufassal ko‘rib chiqilmaydi, chunki u avvalgi “Qurilish jarayonlari 
texnologiyasi” kursida ancha katta hajmni egallaydi. 
Binoning yer osti qismi unga zarur barcha kirishlar bilan barpo 
etilganda, binoning yer ustki qismini ortiqcha kavlashlarsiz qurishni va uni 
foydalanishga topshirishni ta’minlanganida nol sikli ishlari tugallangan 
hisoblanadi. Nol ishlarning qiymati o‘rtacha qurilishning umumiy 
qiymatining 20 % gacha qismini, mehnat sarflari esa umumiy mehnat 
harajatlarining 30 % gachasini tashkil etadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling