N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko‘chirish sxemasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

5.1-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko‘chirish sxemasi: 
1 – qurilish reperi; 2, 8 – reykalar; 3, 7 – nivelirlar; 4 – ruletkaga o‘rnatilgan qushimcha 
yuk; 5 – ruletka; 6 – kronshteyn; 9 – ishchi reper; a va b – nivelir bo‘yicha sanoqlar. 


52 
Vertikal proeksiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yoki 
qurilishni tor sharoitlarida qo‘llaniladi. Uning uchun vertikal proeksiyalashni 
maxsus priborlari ishlatiladi. O‘qlarni qavatlarga ko‘chiriladigan tayanch 
nuqtalari kolonna yoki panellar qatorining o‘qlarida emas, parallel siljitilgan 
bo‘ylama va ko‘ndalang chiziqlarda joylashtiriladi. 
Ko‘chiriladigan asosiy o‘qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga 
bog‘liq. Yirik panelli binolar uchun qamrovlar chegarasidagi ko‘ndalang o‘qlar 
va bir chetki bo‘ylama o‘q ko‘chiriladi. Karkasli binolarda hamma bo‘ylama va 
ko‘ndalang o‘qlar ko‘chiriladi. 
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli 
binolarda kolonna bosh qismini tayanch yuzasi, kran osti to‘sinlari 
o‘rnatiladigan konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va tashqi 
devor panellari o‘rnatiladigan yerdagi panellar va qavatlararo yopmalarni 
yuzalari nivelirlanadi. Montaj gorizonti sifatida eng baland no‘qtani raqamiy 
belgisi olinadi.Montaj gorizonti sathi mayaklar yordamida tayyorlanadi. 
Montaj gorizonti quyidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) 
o‘rnatilish joylari belgilangandan so‘ng mel yoki rangli qalam bilan mayaklar 
o‘rni belgilanadi ( kolonnalar uchun – nivelir reykasini o‘rnatilish joyi) . Keyin 
nivelir qamrov tashqarisiga o‘rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar 
nivelirlanadi va reykadagi sanoqlar yoziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va 
montaj chokini minimal qalinligini e’tiborga olgan holda montaj gorizontini 
amaldagi sathini raqami aniqlanadi. 
Uzunligi 100 m.dan kam bo‘lgan binolarda bitta montaj gorizonti, 
bundan ham uzun bo‘lganda umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar 
orasidagi uchastka qabul qilinadi. 
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‘lgan ustunlarni, 
kran osti to‘sinlarini va stropila fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik 
nazorati reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi. Yanada uzunroq 
kolonnalarni vertikalligi bir-biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda 


53 
joylashgan ikkita teodolit yordamida yuqori o‘q chizig‘i kolonnani pastki 
qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna pastki qismini 
o‘rnatishda rejalashtirish o‘qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan pastdagi 
kolonnalarning o‘qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini 
vertikalligi tekshirilgandan so‘ng rigel, to‘sin va fermalarga tayanch bo‘lib 
xizmat qiluvchi ularning konsoli va ko‘ndalang yuza qismi nivelirlanadi. 
Kolonnalarni montaji va nivelirlashlari tugagandan so‘ng rigel , to‘sin va 
fermalar o‘rnatiladigan yuzalardagi belgilarni o‘rni aniqlanadi. Nivelirlashni 
bajarishni soddaroq yo‘li quyidagicha. Montaj qilishdan oldin yerda turgan 
kolonnani baland qismidan yoki konsolidan pastki qismiga qarab butun songa 
teng o‘lchov o‘lchanadi va shu sathda bo‘yoq bilan gorizontal chiziq chizilib 
belgilanadi , undan kolonnani pastki qismiga qadar bo‘lgan masofa 1.5 m dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak. Kolonnalar o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng nivelirlashni shu 
pastgi gorizont bo‘yicha oborish mumkin. 
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruksiyalarni
rejalash o‘qlariga nisbatan holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish 
sxemasi bajariladi. Bu yig‘ilib qolgan xatolarni e’tiborga olishni va yuqori 
qavatlar konstruksiyalari montajini holatini korrektirovka qilish imkonini 
beradi. 
Geodezik ishlarda keng doiradagi asboblar qo‘llaniladi – lazer-
teodolitlar, lazer-nivelirlar, vertikal proeksiyalash asboblari, uzoqlik 
o‘lchagich(dalnomer)lar. Ko‘p qavatli binolarni montajining rejalashtirish 
ishlarida pazer sistemalarini qo‘llanilishini prinsipi shundan iboratkim sokol 
qavatini balandligi baravarligida maxsus qaytargichni va shunga uxshash 
qaytargichlar lazer nuri harakati yo‘nalishida joylashtiriladi, hamda binoning 
bo‘ylama o‘qiga parallel –lazer- teodolit joylashtiriladi. Lazer nuri pastki 
qaytargichga tushib, undan tug‘ri burchak ostida yuqori qaytargichga o‘tadi, 
keyin montaj qilingan elementlar , masalan kolonnada o‘rnatilgan qabul 
qiluvchi apparaturaga yo‘naladi. Kolonnalar maxsus qaytargichlar bilan 


54 
jihozlangan bo‘lib, ular nurning og‘ishiga qarab elementlarning aniq 
o‘rnatilganligini nazorat qilishga imkon beradi. 
Lazer texnikasini qo‘llanilishi montaj ishlari sifatini nazorat qilishni 
jiddiy ravishda soddalashtiradi. Lazer nuri bilan proeksiyalashning masofaga 
bog‘liq emasligi, mavjud geodezik asboblarga nisbatan yanada aniqroq natija 
olishga imkon beradi. 


55 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling