N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Qurilish maydonini birinchi bor tekislash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Qurilish maydonini birinchi bor tekislash oldin ko‘rib o‘tilgan barcha 
tayyorlov ishlaridan keyin va maydondagi kotlovan uchun mo‘ljallangan
maydonni tayyorlash va o‘zlashtirishdan oldin bajariladi.
 


46 
4.3. Yer usti va grunt suvlarini qaytarish 
 
Bu sikldagi ishlarga kiradi:
• balandlikda joylashgan va suvni qochiradigan ariqlarni qurish,
do‘ngliklar hosil qilish
• ochiq va yopiq drenajlar; 
• omborlar va montaj maydonlari yuzalarini tekislash. 
Yer usti suvlari atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘ladi( yomg‘ir va qor-
muzni erigan suvlari). Yer usti suvlari “begona” , qushni yuqori uchastkalardan 
keluvchi va “yaqin” ya’ni bevosita qurilish maydonida hosil bo‘luvchilarga 
ajraladi.
Qurilish maydoni yer usti “begona” suvlaridan himoya qilingan bo‘lishi 
kerak, buning uchun kelayotgan suvlar to‘xtatilib maydondan tashqariga 
qaytariladi. Suvlarni to‘xtatib qaytarish uchun balandlikda joylashgan va suvni 
qochiradigan (chiqaradigan) ariqlar quriladi yoki qurilish maydonini balandroq 
qismida do‘ngliklar hosil qilinadi. Suvni qochiradigan ariqlar yomg‘ir va erigan 
suvlarni qurilish maydonidan tashqari tarafdagi pastroq joylarga o‘zatadi. 
Rejalashtirilgan kelayotgan suv hajmiga qarab suvni qochiruvchi ariqlar 
chuqurligi 0.5 m , kengligi 0.5...0.6 m dan kam bo‘lmasligi, qirg‘og‘ini 
balandligi hisobiy suv sathidan 0.1...0.2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ariq 
novini suv yuvib ketmasligi suvni harakat tezligi qum uchun 0.5....0.6 m/s, 
qumoq gruntlarda 1.2...1.4 m/s dan oshmasligi kerak. Ariqlar doimiy 
qazilmalardan kamida 5 m va vaqtinchalik qazilmalardan kamida 3 m narida 
joylashishi kerak. Loydan to‘lib qolmasligini oldini olish uchun suvni 
qochiradigan ariqlarni bo‘ylama profili buylab nishabligi kamida 0.002 dan 
oshmasligi kerak. Ariqni devori va tubi chim, toshlar, shox-shabbalar bilan 
himoya qilinadi. 
“Yaqin” yer usti suvlarini qaytarish uchun maydonni vertikal 
tekislaganda unga ma’lum qiyalik berilib ochiq yoki yopiq suv oqib tushish 


47 
tarmoqlari quriladi, hamda majburan qo‘yilish hisobiga eletronasos yordamida 
ishlovchi suv qaytaruvchi quvurlar tarmog‘i hosil qilinadi. Yer osti grunt suvlari 
sathi baland bo‘lib maydonda suv ko‘payganda, quritish ochiq yoki yopiq 
turdagi drenaj sistemalari orqali amalga oshiriladi. Drenaj sistemalari 
umumsanitar va qurilish sharoitlarini yaxshilash uchun va yer osti grunt suvlari 
sathini tushirishga xizmat qiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling