N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
4.4. Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash 
 
Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlashga kiradi: 
• vaqtinchalik yo‘l va qurilish maydoniga keluvchi yo‘lkalarni qurish; 
• vaqtinchalik kommunikatsiyalarni yotqizish; 
• qurilish mashinalari turar joyi uchun maydoncha qurish
• qurilish maydonini to‘sish; 
• vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalarini tayyorlash. 
Qurilish maydonini muhandislik ta’minoti vaqtinchalik yo‘llar 
qurilishini nazarda to‘tadi. Qurilish maydoniga yuk olib kelish va undan olib 
ketish uchun maksimal darajada mavjud yo‘l tarmoqlaridan foydalanishni va 
faqat zarurat bo‘lgandagina vaqtinchalik yo‘llar , ularni ham ikki tomonlama 
harakat qiladigan, bir tomonlamasi esa aylanma harakat tashkil qilinganda 
qurilishi nazarda to‘tiladi. Yo‘lni yurar qismini kengligi transportni ikki 
tomonlama harakatda 6 m, bir tomonlamada – 3.5 m, obochina kengligi 1 m dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Qoplamasiz yo‘llarda yo‘l cheti (obochina) nazarda 
to‘tilmaydi. Qurilish maydonidagi yo‘llarning minimal radiusi 15 m, eng katta 
nishablik – 0.08% gacha ruxsat etiladi. Yo‘llarni qazilmalarda qurganda suv 


49 
oqishini ta’minlash uchun nishabligi 0.003% dan kam bo‘lmagan ariq 
(kyuvet)lar bo‘lishi kerak. 
Tayyorlov davrida vaqtinchalik kommunikatsiyalar tarmog‘i 
yotqiziladi.Unga vaqtinchalik suv ta’minot liniyasi, yong‘inga qarshi suv 
quvurlari bilan birgalikda, issiqlik ta’minoti, hamma yordamchi xonalarga va 
binolarga, elektromexanizmlar o‘rnatilgan joylarga, elektroenergiya o‘tkazish 
elektrota’minoti kiradi. Ish yurituvchi ( prorab) xonasi telefon va dispetchrlik 
aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.Magistral kanalizatsiya tarmog‘iga 
o‘lanish imkoni bo‘lmasa septiklar (er osti tindirgichlari) o‘rnatiladi. 
Yerqazuvchi va boshka mashinalar, avtomobillar uchun to‘rar joyi va 
ta’mirlash uchun maydonlar jihozlanib , ular albatta to‘silib kerakli nishon va 
yozuvlar bilan belgilanadi. 
Qurilish maydoni vaqtinchalik binolar bilan jihozlanadi: yechinish-
kiyinish xonalari, oshxona, dush xonalari, ish yurituvchi kontorasi, sanuzellar, 
qurilish materiallari asboblarini asrash omborlari, ayvonlar va boshqalar. 
Vaqtinchalik binolar uchun ajratilgan maydon yer usti suvlari oqishini 
ta’minlash uchun oldindan tekislanadi. Bu vaqtinchalik binolarga bo‘zilishi 
kerak bo‘lgan lekin asosiy qurilishga halaqit bermaydigan binolarni bir qismidan 
foydalanish, shuningdek vagon, blok va konteyner tipidagi inventar binolardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


50 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling