N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


V BOB. BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO‘G‘RI BARPO


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

V BOB. BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO‘G‘RI BARPO 
ETISHNING GEODEZIK TA’MINOTI 
 
Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta’minot bo‘lishini 
talab qiladi. Ko‘p qavatli yig‘ma va monolit binolar konstruksiyalarini barpo 
etish aniqlik va to‘g‘ri o‘rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. 
O‘rnatilgan qo‘yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar 
yig‘ilishi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, ayrim elementlarni va umuman 
binoning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini va to‘rg‘unligini kamayishiga olib 
keladi. 
Binoni aniq barpo etishning asosi kompleks geodezik rejalashtirish 
ishlari bo‘lib, ularning bir qismi tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi 
bevosita binoni barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi: 
• binoda o‘qlari biriktirilgan va bu o‘qlarni qavatlarga ko‘chirish 
imkoni bo‘lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ; 
• har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va 
yordamchi o‘qlarni rejalashtirish; 
• elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‘rnatuvchi 
chiziqlarni belgilash; 
• qavatlarda montaj gorizontini aniqlash; 
• qavatlar bo‘yicha bajarish sxemasini to‘zish. 
Binoning poydevorlarini cho‘kishi va karkasning deformatsiyasini 
sistematik nazorat qilish majburiydir. 
Binoning yer ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va 
yerto‘la yopmasida o‘qlar o‘rni belgilanadi. Har bir bosh o‘q binoga quyidagi 
tartibda ko‘chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o‘qi 
mahkamlangan shtir ustida joylashgan holda o‘rnatilib, binoning qarama-qarshi 
tomonida joylashgan shunga uxshash belgiga stvor o‘qi bo‘ylab yunaltiriladi, 
keyin binoning sokol paneliga yunaltirilib unda stvor o‘qi belgilanadi. Xuddi 


51 
shuningdek boshqa bosh o‘qlar ko‘chiriladi.Odatda o‘qlarning kerakli belgilari
binoning sokoliga va qavatlararo yopmasiga bo‘yoq yordamida chiziladi, 
bundan tashqari qushimcha ravishda o‘qlarning o‘zaro kesishish joylari ham 
belgilanadi. Har bir o‘q binoga maydonning ikki joyida mahkamlangan o‘q 
nuqtalaridan ikki marta ko‘chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o‘qlar orasidagi 
masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan qiymatlardan
farq qilmasligi kerak. Ikki bo‘ylama o‘qlar orasidag farq 3 mm, yonma-yon 
ko‘ndalang o‘qlar orasidagi farq yo1 mm bo‘lishi mumkin. 
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv 
xususiyatlariga bog‘liq holda asosiy o‘qlarni boshlang‘ich gorizontdan montaj 
qilinadigan qavatga ko‘chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash usuli bilan 
amalga oshiriladi. Yotiq proeksiyalashda teodolit ko‘chiriladigan asosiy yoki 
yordamchi o‘qni chizig‘ida o‘rnatiladi. Binoning sokolida o‘qni holati 
mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. Kuchiriladigan o‘qni orayopmaga 
proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon (ko‘p hollarda − shoqulli 
uchoyoq) o‘rnatiladi, o‘qni holati orayopmaga ko‘chiriladi va belgi-chiziq bilan 
belgilanadi (5.1-rasm). 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling