N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Gruntning olinadigan unumdor qatlami


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Gruntning olinadigan unumdor qatlami qurilish maydonida buldozer 
va avtogreyder yordamida kesilib, maxsus ajratilgan joyga ko‘chiriladi va keyin 
ishlatish uchun joylashtiriladi. Ayrim payt ularni boshqa maydonlarni 
ko‘klamzorlashtirish uchun olib borishadi. Unumdor qatlam bilan ishlagan 
paytda uni pastki qatlam bilan aralashuvidan, ifloslanishidan, yuvilishidan va 
shamolda nurashidan asrash kerak. Qish sharoitida unumdor qatlamni faqatgina 
loyihada kerakli asoslanish mavjud bo‘lganda olinishi mumkin. 
Binolar, inshootlar va ularning poydevorlarini buzish ularni 
qismlarga ajratib (keyin demontaj qilish uchun) yoki yiqitish bilan bajariladi. 
Yog‘och binolar qismlarga bo‘linib, keyin yaroqsizlari boshqa maqsadda 
foydalanish uchun ajratib tashlanadi. 
Yig‘ma temirbetonli binolar (konstruksiyalar) montaj sxemasiga teskari 
bo‘lgan buzish sxemasi bilan ajratiladi. Demontaj boshlanishidan oldin element
bog‘lamalardan ajratiladi. Qismlarga ajratilayotganda har bir yig‘ma element 
oldin bo‘shatilishi va to‘rg‘un holatni egallashi kerak. Elementlab qismlarga 
ajratilmaydigan yig‘ma elementlar monolit konstruksiya kabi bulaklarga
bulinib ajratiladi. 


45 
Monolit va metall konstruksiyalar, konstruksiyani to‘rg‘unligini 
ta’minlovchi maxsus ishlab chiqilgan buzish sxemasi asosida ajratiladi. Ajratish 
bloklarini qismlarga ajratish armaturani ochishdan boshlanadi. Keyin blok 
mahkamlanib armaturasi kesiladi, blok otboyka bolg‘asi yoki boshqa vosita va 
mexanizmlar yordamida qismlarga ajratiladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan 
so‘ng kesiladi. Ajratiladigan temirbetonli blokni yoki metall elementni eng 
katta massasi kranni eng katta qo‘lochidagi yuk ko‘taruvchanligini yarmisidan 
oshmasligi kerak. 
Bino va inshootlarni, shuningdek, barcha g‘isht-toshlilarni buzish
ekskavatorga o‘rnatilgan osma jihoz – shar-bolg‘a, qoziq-baba, otboyka 
bolg‘alar yordamida yiqitib bo‘ziladi. Binoni bo‘laklari buldozer yordamida 
chetga so‘riladi yoki transport vositasiga ortiladi. Binolarning vertikal qismlarini 
bo‘laklari atrofga sochilmasligi uchun binoni ichkarisiga qarab bo‘ziladi. Ayrim 
hollarda qulatish portlatish usuli bilan ham amalga oshiriladi. 
Mavjud muhandislik tarmoqlarini o‘zib qo‘yish yoki maydondan 
ko‘chirish qurilish maydonini tayyorlashning eng muhim va majburiy 
elementidir. Ayrim hollarda tayyorlanayotgan qurilish maydonida na faqat 
lokal(mahalliy) tarmoqlar, hatto magistral tarmoqlariga tegishli
elektrota’minot, suvquvurlari, fekal va yog‘in kanalizatsiyasi, gazquvurlar, 
issiqta’minot, telefonizatsiya va teleko‘rsatuv tarmoqlari joylashgan bo‘lishi 
mumkin. Bu hollarda qurilish boshlangunga qadar yuqorida aytib o‘tilgan 
tarmoqlar qurilish maydonidan tashqariga chiqarilib, magistral tarmoqlarni 
o‘zluksiz ishlashini ta’minlash uchun qaytadan o‘rnatilishi kerak. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling