N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Ochiq drenaj koeffitsiyenti filtratsiyasi kichik va grunt suvlari sathini 
juda ham chuqur bo‘lmagan 0.3...0.4 m ga tushirishda qo‘llaniladi. Drenaj 
chuqurligi 0.5...0.7 m bo‘lgan ariqlar kurinishida qurilib , tubiga qalinligi 10...15 
sm bo‘lgan yirik qum, shag‘al yoki sheben qatlami yotqiziladi. 
Yopiq drenaj − chuqur joylashgan suv oqiziladigan tomonga 
nishablikga ega va oqiziladigan suvlarni nazorat qiluvchi quduqlar sistemasidan 
iborat transheya bo‘lib, u dren materiallar (sheben, shag‘al, yirik qum) bilan 
to‘ldiriladi. Drenaj arig‘i usti mahalliy grunt bilan yopiladi.
Yanada samaraliroq drenajlar qurilganda transheya tubiga yon tomonlari 
teshikli – diametri 125...300 mm bo‘lgan keramik, beton, asbosementli quvurlar 
yoki ayrim payt oddiy lotoklar yotqiziladi. Quvurlardagi teshiklar yopilmay , 
quvurlar ustidan yaxshi drenli material to‘kiladi. Drenaj ariqlarini chuqurligi 
1.5...2.0 m, yuqori qismi bo‘yicha kengligi 0.8...1.0 m. Ko‘p hollarda quvur 
ostiga qalinligi 0.3 m gacha bo‘lgan shebenli zamin yotqiziladi.Tavsiya etilgan 
grunt qatlamlari: 
1) shag‘al qatlamida ustiga o‘rnatiladigan drenaj quvur; 
2) yirik qum qatlami
3) o‘rta yoki kichik zarrali qum qatlami. Hamma qatlamlar qalinligi 40 
sm dan kam emas. 
4) 30 sm gacha mahalliy grunt qatlami. 
Ushbu drenajlar tutash poydevor qatlamlaridan suvni yig‘ib yaxshi 
qochiradi, shuning uchunkim suvning quvurdagi tezligi dren materialdagidan 
yuqoriroq.Yopiq drenajlar yerni muzlash qatlamidan pastroqda joylashgan 


48 
bo‘lishi va 0.005% dan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lishi kerak. 
Drenajlar bino va inshootlarni barpo etishni boshlangunga qadar yaratilgan 
bo‘lishi kerak. Quvurli drenajlar uchun keyingi yillarda g‘ovakli beton va 
keramzit shishadan yasalgan quvurfiltrlar keng qo‘llanilmoqda. Quvurfiltrlar 
qo‘llanilishi mehnat sarfi va ishlarni narxini ancha kamaytiradi. Ular diametri 
100 va 150 mm , devorlari ko‘p sonli g‘ovakli teshiklardan iborat quvur bo‘lib, 
suv unga sizib kirib qochiriladi. Quvurlarni konstruksiyasi ularni oldindan 
tayyorlangan tekislangan zaminga mashina yordamida yotqizishga imkon 
beradi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling