N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Binoning yer osti qismini montaj qilish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
7.2. Binoning yer osti qismini montaj qilish 
 
Stakan turdagi poydevorlar. Asos tayyorlangandan so‘ng 
poydevorlar o‘qlari belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi 
keyinchalik poydevorlar o‘rnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. 
Buning uchun obnoskaga o‘q torlari tortiladi va shoqul yordamida ularning 
kesishgan nuqtalari kotlovanlar va transheyalarning tubiga ko‘chiriladi 
(7.1-rasm). 
Barcha karkasli binolarda stakan turidagi poydevorlar yuqori
kesimda manfiy belgi – 0,15 m ga ega, bu esa qulay payt kelganda pol 
ostiga betonli tayyorgarlikni bajarishga imkon beradi, demak nol siklining 
ishlarini to‘liq hajmda tugatishga imkon beradi. 
O‘rnatilish hududida joylashgan poydevorlar stakanlari tubining satxi 
tekshiriladi. Zarur bo‘lganda yerli yoki qumli asosda chuqurliklar qilinadi. 
Poydevorlar o‘qlari kesishgan nuqtalardan ruletka yoki shablon (andoza) 
yordamida har bir stakanning yon qirralarining holati belgilab olinadi. Bu 
holatni yerga qoqilgan uchta qoziqcha yoki metall shtirlar bilan 
maxkamlanadi. 


66 
7.1.-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo‘yish:
1- binoning bosh o‘qlari; 2 – obnoska; 3 – o‘qlarning holatini ko‘rsatuvchi mixlar;
4 – andoza; 5 – qoziqlar, shtirlar. 
 
Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yig‘ma 
lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo‘lib, ulardan biri 
poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – 
binolarning yer osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir. 
Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o‘qlar kesilgan nuqtadan 
metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati 
o‘lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida 
tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig‘idan 2 ... 3 mm tashqarida 
joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, u holda 
qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga 
joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo‘lgan qumli yostiq 
ustiga joylashtiriladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling