N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Kotlovan qazish va asosni tayyorlash


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
7.1. Kotlovan qazish va asosni tayyorlash 
 
Kotlovanni qazishni turli xildagi ekskavatorlar bilan panduslar va 
ularsiz qurish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Asosga bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
katta yuklanishlarda kotlovanlarni zichlashtirish amalga oshiriladi, bunda 
gruntga massasi 15 t gacha bo‘lgan trambovka 4 ... 8 m balandlikdan 
tashlanadi. 
Odatda kotlovanni oxirigacha qazib bitkazmaslik 15 ... 30 sm ni 
tashkil etadi. Bu grunt qatlamini buldozer, qirg‘ich, rejalagich yoki dastaki 
usulida olib tashlash mumkin.
Asosni tayyorlash. Poydevorlarni montaj qilish faqat tayyorlangan 
asos qabul qilingandan keyingina boshlanadi, xususan: 
1. Yerli asos qumli gruntlarda tozalash yo‘li bilan yoki agar 
poydevorlar boshqa gruntlarda barpo etiladigan bo‘lsa, qum to‘kish yo‘li 
bilan tekislanadi. Qum tashlangan qatlam qalinligi kamida 5 sm va 15 sm 
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Balchiq aralashmagan yoki chang zarrachalari 
bo‘lmagan yirik qum qo‘llaniladi. Qum bo‘lajak poydevorlardan tashqari 
chet joylarga ham sepiladi: har bir tomondan kamida 10 sm. 
2. Yer osti suvlari yoki atmosfera yog‘inlari bilan juda 
kuchsizlantirilgan grunt 5...8 sm qalinlikdagi tosh yoki shag‘al qatlami bilan 


65 
zichlashtiriladi, trambovkalanadi, ustidan qalinligi kamida 3 sm bo‘lgan 
kuchsiz betondan asos quriladi. 
3. Yer osti suvlari satxi baland bo‘lganligi munosabati bilan suvga 
to‘yingan asos qalinligi 8...10 sm bo‘lgan tosh yoki shag‘al bilan 
zichlanadi, unga gudron quyilgandan so‘ng (neftdan yonilg‘i va moy 
fraksiyalarini haydab olingandan so‘ng qolgan qoldiq) 2...5 sm qalinlikda 
asfalt beton aralashmasi yotkiziladi. Ustidan temirbeton poydevor plita 
ko‘rinishidagi asos quriladi. 
Qumli yoki betonli tayyorgarlik inshootdan yer asosiga yuklanishini 
bir tekis uzatilishini ta’minlaydi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling