N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Binoning yerosti qismi montajining xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Binoning yerosti qismi montajining xususiyatlari. Binoning yer 
osti qismini montaj qilish uchun binoning yer usti qismini barpo etish uchun 


69 
loyihalashtirilgan pnevmog‘ildirakli, avtomobil, gusenitsali kranlardan, 
kran-nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin. 
Ishlarning asosiy xususiyatlari: 

yer ishlari bilan bog‘lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga 
tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun 
kotlovan chetida xarakatlanish uchun yetarlicha keng joy qoldiriladi; 

tuproqni qayta to‘kib to‘ldirish va qatlam – qatlam bo‘yicha 
zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta to‘ldirish zonalarida 
ko‘pincha joylashtiriladigan kranosti yo‘llarining mustaxkamligini 
kafolatlash zarur. 
Agar binoning yer usti qismini montaj qilishda minorali krandan 
foydalanish nazarda tutilgan bo‘lsa, u bilan yer osti qismini ham montaj 
qilish mumkin. Bu holda kran osti yo‘llari va kranning o‘zini montaj qilishni 
poydevorlarni yotqizish boshlangunga qadar tugallash zarur. Agar 
kotlovanning chuqurligi katta bo‘lsa va kranning kotlovan cheti bo‘ylab 
harakatlanishda yonbag‘irning mustahkamligi buzilishi mumkin bo‘lsa, u 
holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi uzunligida olib borish 
maqsadga muvofiq. Bunda poydevor yostiqlari, yerto‘la devorlari bloklari, 
ustyopma plitalari o‘rnatiladi, gidroizolyatsiya qilinadi, qo‘yinlarga qayta 
tuproq tortiladi, ya’ni yonbag‘irning (qiyalikning) buzilish havfini bartaraf 
etuvchi tiragich devor shakllantiriladi. 


70 
UCHINCHI BO‘LIM 
ZAVODDA TAYYORLANGAN KONSTRUKSIYALARDAN BINO VA 
INSHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYALARI 
 
Darslikning mazkur bo‘limi katta hajmga ega. Unda eng xilma – xil 
binolar va inshootlarning – bir qavatli va ko‘p qavatli sanoat binolari, keng 
nomenklaturadagi turar joy va jamoat binolari, baland binolar va 
inshootlarni barpo etishdagi operatsiyalarni bajarishning texnologik ketma – 
ketligiga alohida e’tibor berilgan. Tanlash mezoni oddiy bo‘lib, binolarni va 
ularni barpo etish texnologiyasining hozirgi vaqtda yoki kelgusi yaqin 
yillardagi ularga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi.
Bu bo‘limda materialni yoritish shakli bir xil. Bino va inshootning 
vazifasi, mumkin bo‘ladigan qo‘llanish sohasi va konstruktiv xususiyati, 
montaj mexanizmlarini, barpo etish uchun texnologik jihozlarining o‘ziga 
xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan har bir turdagi bino va 
inshootlarni barpo etishning texnologik jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. 


71 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling