Ish maqsadi


Download 1.22 Mb.
bet1/11
Sana31.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1310701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UMUMSANOAT lab


1-LABORATORIYA ISHI


KO‘PRIKLI KRANNING BOSHQARISH SXEMASI VA ELEKTR JIXOZLARNI O‘RGANISH.
ISH MAQSADI.
Ko‘prikli kranning tuzilishi elektr jihozlari va boshqarish sxemasini o‘rganish.
ASOSIY NAZARIY TUSHUNCHALAR.
Ko‘prikli kranlar pulat balkalardan parmalangan konstruksiya bo‘lib ikki chekida g‘ildiraklar o’rnatilgan va sex buylab kran yullarida xarakatlanadi. Kran yullari bir-yoki ikki balkali bo‘lishi mumkin.
Bosh balkalarga o‘rnatilgan relslarga kranning aravachasi o‘tkaziladi . Aravacha uzining tuzilishi bo‘yicha parmalangan rama ko‘rinishida bo‘lib, sexning eni bo‘yicha xarakatlanadi va yuk ko‘tarish moslamasi, lebedka hamda elektr yuritma yordamida og‘ir yuklarni ma’lum massaga va balandlikka o‘tkazib beradi.
Yuk ko‘tarish moslamasining turiga ilgakli, magnitli va geyderli kranlarga ajraladi. Kuprikli kranning xarakatga keltirish yuritmasi bo‘yicha qul osti va elektr yuritmali boshqarish; kabinadan yoki maxsus boshkarish pultidan buyrug‘ berilishi mumkin.
Ko‘prikli kranning elektr jixozlari:
Elektr uskunalar va rele ximoyasi panelidan tashkil topgan.
Elektr uskunalar to‘plamiga:
Mexanizmning yurituvchi elektr dvigateli, tormozlovchi elektr mognitlar, chetki va “yo‘l” vыklyuchatellari, kontrollerlar, kontaktorlar, yuritib boshqaruvchi qarshiliklar. Ximoya panelida rubilnik, kontaktor va ximoya relelari joylashgan. Odatda bu panel mashinist kabinasida o‘rnatilgan.
Ko‘prikli kran uch mexanizmdan iborat, bulardan: yukni ko‘tarib va tushirib boruvchi – ko‘tarish mexanizmi; yukni sexning eni bo‘yicha uzatib beruvchi – aravaga mexanizmi va yukni sex bo‘ylab eltib beruvchi bosh mexanizmi.
Aytib ketilgan mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigatellari qo‘llanadi. Kranlar og‘ir sharoitda (namlik, changlik, yuqori xarorat va x.k.z) ishlaganlari sababli elektr-mexanik olimlari tomonidan xususiy kran – dvigatellari ishlab chiqilgan va bugungi kunda MT turdagi faza rotorli va MTK turdagi qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellari keng qo‘llanadi. Ushbu dvigatellar qisqa taqrorlanuvchan rejimga muljallangan bo‘lib, ko‘pchiliklarning ulangan xolatdagi davomiyligi PV 25% teng.
Kran mexanizmlarini xarakatga keltiruvchi o‘zgarmas tok dvigatellarning turlari MP, DP va D bo‘lib konstruktiv jixatdan parallel (mustaqil), ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishlilarga ajraladi.
Kranlarni mexanizmlarni xarakatga keltiruvchi dvigatel sifatida o‘zgarmas tok dvigatellarini tanlash sababi ular og‘ir sharoitda tez-tez ulash uzish rejimida, o‘ta yuklanishlarda va tezlikni keng diapazonda rostlashda ishonchli ravishda xizmat qiladi.
Parallel (mustaqil) qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigateli (O‘TD) kichik yuklamalarda, ketma-ket qo‘zg‘atishli O‘TD yumshoq xarakteristikaga ega va katta o‘ta yuklanishlarda xizmat qilishi mumkin. Bunday yuritmani kamchiligi g‘ ekspluatatsiya sarflarini qimmatligida o‘zgaruvchan tok dvigatellari esa konstruksiyalari sodda va ekspluatatsion sarflari kam.
Tormozlovchi uskunaning asosiy vazifasi-osilib turgan yukni ishonchli ravishda ushlub turish, hamda aravacha mexanizmlarini kerakli manzilda to‘xtatish. Texnik ekspluatatsiyasi qoidalariga ko‘ra kranlarning ishlatish jarayonini xavfsizligini oshirish MP maqsadida tormozlovchi uskuna sifatida tormozlovchi elektr magnitlarni qo‘llash maqsadga muvofiq.10
Zamonaviy tormozlovchi uskunalar ulangan xolatda bo‘lib ishsiz xolatda prujina yoki yuk ostida tortilgan bo‘ladi va mexanizm xarakatga kelganda qo‘yib yuboradi. Keng tarqalgan tormozlovchi uskunalardan – ikki kolodkaligi. Bunda kolodkalar to‘xtatish sikliga yopishadi va natijada elktrodvigatelning vali mufta bilan qisilib qoladi.
Chetki vqklyuchatellar kranning aravacha mexanizmi yo‘lning belgilangan chegarasiga yetganda hamda ko‘tarish mexanizmi kerakli satxi bilan tenglashganda yuritmalarning xarakatini to‘xtatadi. Bundan tashqsum kran yo‘llarida birdan ortiq kran yoki bir necha ilgak o‘rnatilsa xam chetki vqklyuchatellar qo‘llanadi (bir biri bilan to‘qnashmasligi uchun).
Ko‘prikli kranlarda ko‘pincha KU turdagi chetki vqklyuchatellar keng ishlatiladi. Eshiklarni ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida V-10 turdagi chetki viklyuchatellar ishlatiladi. Ko‘tarish mexanizmda KU – 133 turdagi qo‘l osti chetki vыklyuchatel ko‘zda tutiladi va kerak paytda mexanik tomondan mexanizm to‘xtatiladi.
Kontralyorlar – komutatsion opparat sifatida yurgizish, to‘xtatish va reverslash, yurgizib – pastlovchi qarshiliklarni ulash va uzish va boshqa komutatsiyalarni amalga oshiradi. Kontralyorlar-barabanli, mushtumsimon va magnit turda bajariladi.
Kontaktorlar - elektr magnit opparati bo‘lib elektr zanjirlarini tez – tez ulab uzish uchun mo‘ljallangan, yurgizib – rostlovchi qarshiliklarning vazifasiga yurituvchi tokni cheklash hamda dvigatelning yakor yoki rotorini aylanma tezligini rostlash kiradi.
Kran elektr dvegatelining statik yuklamasi qarshilikning statik kuchi ortida hosil bo‘lib mexanizmga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kuchlarning momenti statik moment deb ataladi.
Ko‘prikli krantlarning mexanizmi uchun yurituvchi dvegatelni quvvatini aniqlashda qarshilik momentini xisoblash lozim.
Yukni ko‘taradigan bo‘lgan statik quvvatni hamda statik momentni xisoblashda kuyidagi tenglamalar billan foydalanish mumkin:



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling