Ish maqsadi


Download 1.22 Mb.
bet7/11
Sana31.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1310701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UMUMSANOAT lab

LABORATORIYA ISHI №6


FREZER DASTGOXINI BOSHQARISH ELEKTR QURILMASINI VA SXEMASINI O‘RGANISH


ISHNING MAQSADI:
Frezer dastgoxini tuzilishi va elektr uskunalarini boshqarishi sxemasi bilan tanishish.


ASOSIY NAZARIY QISM
Frezer dastgoxi tekis va tik frezerlangan turli xil silindrsimon, diskli va fasonli detallar (maxsulot) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Dastgoxdan xar xil ishlarni bajarish uchun foydalaniladi, asosan instrumentlar va tajribalar sexida ishlatish uchun moslamalar: muxr, puason, press- qolip va xar xil instrumentlaryasash uchun. Frezer dastgoxlari quyidagi gruppalarga bo‘linadi: umumiy ko‘p tarmoqli tayyorlovchi, qaysiki tekis frezerlar, tik frezerli va bo‘yiga frezerlovchi dastgoxlar va shponkalar joyini ochishga moslashtirilgan frezerlar, shlitsa-frezerli va x.k 1- rasmda, ko‘p tarmoqli tekis frezerli dastgoxni umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Fundament plitasida 1 stanina 4 joylashtirilgan, qaysiki ichida elektrodvigateldan mexanizmni xarakatlantiruvchi asosiy moslama 2 va tezlik karobkasi 3 joylashtirilgan. Tik yo‘nalishli staninalarga konosol 11 biriktirilgan. Tekis yo‘nalishli konosolga ko‘ndalang salazka 12 va buriluvchi plita 10 o‘rnatilgan. Yo‘naluvchi plitada 10 bo‘ylanma xarakat qiluvchi stol 9 joylashtirilgan. Stolga o‘rnatilgan detallar uch yo‘nalishda xarakatlanishi mumkin. Xarakatni hosil qiluvchi el. dvigatel 13 va uzatish karobkasi 14 dan iborat. U konsol 11 ichida joylajgan. Frezer potronlari shpindel uyasiga 5 qo‘yiladi. Xartum (xobot) 7 staninaning 4 yuqori qismida joylashtirilgan.
Xarakatlanuvchi xartumga osilma 6 o‘rnatilgan. Xartumga 2 ta ushlab turuvchi 8 moslama qatirilgan. “- rasmda ko‘p tarmoqli tekis frezerli dastgoxni kinematik sxemasi ko‘rsatilgan. Asosiy xarakatlanuvchi xarakat elektrodvigateldan val 1ga va tishli uzatuvchi 1-2 orqali val 11 ga, keyin uch juvt g‘ildiraklardan 3-4,5-6,7-8 biri orqali val 3 ga uzatiladi. Val 3 dan uzatuvchilardan biri 9-10,11-12, yoki 14-13 orqali val 4 xarakatlantiradi, keyin uzatuvchilardan 14-15 yoki 16-17 shpindel va val 4 ga beriladi. Mexanizmni xarakatlantiruvchi xarakatini el. dvigatel yordamida amalga oshiriladi. Uzatuvchilar 18-19 va 20-21 val 8 ga keyin g‘ildiraklar orqali 22-23,24-25 va26-27 aylanish val 9 a uzatiladi. Tishli g‘ildiraklar 27-28,29-30 yoki 31-32 orqali val 10 ga uzatiladi. Val 10 dan val 11ga bir juft g‘ildirak 33-34 yoki 35-36,37-38 va 33-34 orqali uzatiladi. Mufta val 11 ni tez almashtirisha xizmat qiladi. Stolni uzatish vintli mexanizm yordamida amalga oshiriladi: juft bo‘ylab 54-55, kesim bo‘yicha 56-57, tik. Val 11 ni xarakat vinti 54 bilan bo‘yli sep biriktiradi. Ishga qo‘yish va ishdan to‘xtatish uchun muftalar 62,65 va 70 xizmat qiladi.


LABORATORIYA QURILMASINING TAVSIFI
Frezer dastgoxining aloxida elementlarni tuzilishi va vazifalari bilan tanishish uchun shu dastgoxdan yoki uning pasportidan, plakatlardan, albomlardan va kataloglardan foydalaniladi. Qanday qilib xarakat elektrodvigateldan shpindelga va mexanizm uzatkichiga, stol xarakatlantiruvchiga uzatilishini kuzatish, ya’ni kinematik zanjir xarakatini uskunaning aloxida organlari bilan tanishish kerak. Dastgoxning elektr qurilmasini o‘rganishni, boshqarish sxemasini o‘rganishdan boshlash kerak.
Sxemadagi xar bir element vazifasini va dastgoxdan joylashgan joyini aniqlash kerak. Xar bir element dastgoxning asosiy zanjirida va boshqarish zanjirida aloxida elektr qurilma xisoblanadi. 3-rasmdan ko‘p tarmoqli tekis frezerli dastgoxning elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Shpindel elektr uzatkich uch fazali asinxronli elektr dvigatel bilan quvvati 1.7 kVtli AOF-52-4 tipli rotordan tashkil topgan. 1.7 kVtli (DP)AOF-41-4 tipli. Nasos sovutgich (DO) elektrodvigatel quvvati 0.124 kVt tipi 11A-22, boshqarish zanjiri 127v kuchlanishda bajariladi. Uni sinash pasaytiruvchi transformator kuchlanishi 36v dan foydalaniladi.
Qmsqa tutashuvdan ximoyalash saqlagichlar bilan amalga oshiriladi, kuchlanishdan RTSh, RTO va RTP issiqlik relelari bilan, elektrodvigatel o‘tkazish uzatkichi DP ikkita maxsus buyruq apparatlari 1KA va “KA bilan yoqiladi. Bu apparatlar o‘z mexanizmiga muftalar bilan biriktirilgan. Bu sxemaga kuchlanish rangli yoqgich SV bilan beriladi. PR yoqib o‘chirgich bilan, uch holatli (chapga, to‘g‘rilagich va o‘chirgich) shpindel yo‘nalishi ma’lum yo‘nalishga moslashtiriladi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, yoqib o‘chirgich yuklama yo‘qligiga ishga yoqishga mo‘ljallangan. Avtomatik siklonni bajarish uchun stol sxemasi boshqarish pultida PU ikki holatli yoqib o‘chirgichga ega. Sxema soplardan yoki mushtlardan boshqarish yo‘li bilan ishlaydi.






ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Frezerli stanokni tuzilishi va uning aloxida elementlari bilan tanishish.
2. Elektr qurilma va boshqarish elektr sxemasi bilan tanishish.
A) soplar bilan boshqarish sxemasi.
Reversli yoki o‘chirgich PR (3 rasm) yordamida shpindelni aylanish yo‘nalishi o‘rnatiladi. Shpindel DSh ning o‘tkazuvchisini elektrodvigatelini ishga tushirish uchun 1KU1 yoki 1KU2 tugmalardan birini bosish kerak. Bunda katushka zanjiridagi magnit ishna tushiruvchisida PSh qisqa tutashuv hosil bo‘ladi va uning kontaktlari ishga tushadi, dvigatelga DSh kuchlanish keladi. Dvigatel ishga tushadi. Bir vaqtda katushkani magnit ishga tushiruvchilari PO va uning kontaktlari ishga tushadi, ishga tushgan elektrodvigatel o‘tkazuvchisi sovutkichi xam ishga tushadi.
Stol xarakatini o‘ng yoki chap tomonlariga 1KA1,2KA1 yoki 1KA3, 2KA3 o‘zgartiruvchilar orqali amalga oshiriladi. Bunda boshqaruv PU yoqib o‘chirgichi mushtli boshqaruvda o‘chirilgan holatda bo‘lishi kerak. Friksionli muftani yoqish, stol xarakatini boshqa kinematik holatga o‘tkazuvchi mexanizm zanjiriga, elektromagnit EB bilan amalga oshiriladi. Magnitli yoqib o‘chirgich katushka zanjiri elektromagniti PB3KU1 yoki 3KU2 tugmalaridan biri ta’sirida qisqa tutashuvga erishadi . Elektromagnitni ishga tushirishdan stol xarakatining tezligi oshadi. Unda soplar holatini o‘zgartirib (apparat komanda) 1KA2: katushka zanjirini PP oldingi holatlarni o‘zgartirib xarakatini o‘ngga yoki PL xarakatini chapga va ishdan to‘xtatish (o‘chirish) elektrodvigatel o‘tkazgich uzatgichi yordamida amalga oshiriladi. Bo‘ylab va tik yo‘nalishni boshqarish (apparat komanda) 2KA: stolni ko‘ndalang boshqarishga o‘xshash shpindelning elektrodvigatel ishlamayotgan stol yo‘nalishini tezligini, konsulni yoki salazkani yoqish mumkin. Shuning uchun oldindan shpindelning elektrodvigatelni holatga qo‘yuvchi yoqib o‘chirgichini nol holatga qo‘yish kerak, buning uchun 1KU1 yoki 1KU2 knopkalarini va kerakli yo‘nalish beruvchini yoqish, keyin tez yurishni amalga oshirish uchun 3KU1 knopkalarini bosish kerak.
B) ishni mushtlar bilan boshqarish sxemasi.
Stol sxemasini avtomatikaga o‘tkazish uchun yoqib o‘chirgich PU holatini mushtdan boshqarish yoqiq holatiga qo‘yish kerak. Stolni xarakatini avtomatik ishlashi uchun , yoqib o‘chirgich (apparat komanda) 3KA yopiq holatda bo‘lishi shart. Agar uning kontaktlari ulanmagan bo‘lsa, bitta valda sof apparat komanda birka bilan joylashgan sakkiz tishli yulduzli –ftulkani burish kerak, bunda apparat komanda 3KA shunday holatga keladiki, uning kontaktlari ulanadi va katushka zanjirlarini magnit ishga tushirgichini “unga uzatish PP” va “tez PB”- stolning uzatishi unga tez bo‘ladi.Tez yurishini o‘chirish , shunday holatda yuz beradiki, ftulkani burilishi bilan apparat komanda ajraladi va tez yoqgichni PB o‘chiradi, stol xarakatini ishchi tezlikda davom ettiradi. Stol xarakati yo‘nalishini o‘zgartirish uchun o‘ng tomondan ishchi uzatishning chapga tez o‘tkazish uchun, mushtli boshqarishdan sopli apparat komandaga 1KA o‘ng tomon holatidan chapga bajariladi.
Bunda katushkani pitaniya zanjiri o‘ngdan uzatish yoqib o‘chirgichi ulangan holatda qoladi, keyin ko‘p tarmoqli reversirli mushtga taaluqli erituvchi musht vtudni aylantiradi va apparat komanda 3KA kontaktlari ishga tushadi. Katushka manba zanjiri yoqib o‘chirgichi PP katushka zanjiri yoqib o‘chirgichi PL dan uziladi va yoqiladi. Bir vaqtning o‘zida apparat komanda 3KA katushka zanjiri yoqib o‘chirgich PB dan yoqiladi, elektromagnit ishga tushadi, stol chapga tez xarakatlana boshlaydi, stolning chap tomoniga xarakatini to‘xtatish apparat komanda 1KA mushtli sopini beqaror holatga qo‘yish bilan amalga oshiriladi , sxema blokirovkasi qurib chiqiladi:

  1. Bir vaqtdasop apparat komanda 1KA va 2KA ishga tushishi

  2. Bir vaqtda ko‘ngdalang va tikuzatishni boshqarish yoqib o‘chirgichni mushtlardan boshqarish yoqiq holatga qo‘yish

  3. Stolni bo‘ylab uzatishini yoqish sop tezlik uzatkichini ishga holatga qo‘ymasdan

  4. Tugmalar 3KU bilan boshqarish yoqib o‘chirgichni PU mushtdan boshqarish yoqiq holatiga qo‘yish

  5. Reversivli yoqib o‘chirgichni asosiy yakorga yopishgan holatda.

Sxemada shpindel(DSh) elektrodvigateli o‘tkazgichni tormozlash ko‘zda tutilgan, qarshi yoqish metodi bo‘yicha rele kontakt yordamida tezlik RKChS va magnitli yoqib o‘chirgich PT yordamida amalga oshiriladi.


XISOBOT YOZISH TARTIBI.

  1. Ishning qisqacha mazmuni.

  2. Frezerli dastgoxni boshqarish sxemasi va uning ishlashi.

  3. Elektrodvigatelni texnik ko‘rsatkichlari, boshqarish apparatlari va dastgoxni ximoyasi.

  4. Qilingan ish natijalari va xulosa.



ISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH.
Bu laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun quyidagilarga tayyorgarlik ko‘rish kerak:

  1. Frezer dastgoxining elektr qurilmalari bilan, uning aloxida elementlarini vazifalari bilan tanishish.

  2. Frezer dastgoxini ishlanishini boshqarish elektr sxemasi bilan tanishish.

  3. Ko‘rsatilgan adabiyotlar va shu berilgan ma’lumotlar asosida ish savollvrini chuqur o‘rganish.

  4. Tekshirish savollariga javob tayyorlash.



TEKSHIRISH SAVOLLARI

  1. Frezer dastgoxi qanday ishlarni bajaradi?

  2. Shpindel aylanish tezligini qanday qilib boshqariladi?

  3. Boshqarish elektr sxemasida ximoyalash uchun qanday blokirovkalar o‘rnatilgan?

  4. Nima maqsadda shpindel uzatkichisining boshqarish sxemasiga tezlikni teshirish relesi ulangan?


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling