Ish maqsadi


Download 1.22 Mb.
bet6/11
Sana31.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1310701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UMUMSANOAT lab

LABORATORIYA ISHI №5


KOMPRESSOR QURILMASINING ELEKTR JIXOZLRI VA BOSHKARISH SXEMASINI O‘RGANISH.


I.ISHNING MAQSADI:
Kompressor qurilmasining elektr jixozlari va uning texnik hamda elektr sxemalari Bilan tanishishdan ibort.


II.ASOSIY NAZARIY MA’LUMOTLAR:
Kompressorlar bosimi 4·105 Pa va undan ortiq bo‘lgan siqilgan havo yoki gaz bosimini hosil qilishda va ularning energiyasidan pnevmatik yuritmalarda,asbob va qurilmalarda foydalanish uchun ishlatiladi. Kompressor qurilmalari ishlab chiqarish korxonalarida aniq bir texnologik protsessni bajarishga qaratilgan bo‘ladilar.Shuning uchun ularni ishlab chiqaruvchanligi olinyotgan havoning miqdoriga,temperaturasi,namligi va konsentratsiyasi kabi parametrlariga bog‘liqdir. Ishlash prinspiga ko‘ra kompressorlar markazdan qochma va porshenli bo‘ladilar. Markazdan qochma kompressorlar konstruksiyasiga ko‘ra trubinali va rotorli bo‘lishi mumkin. Turbinali kompressorda rotor o‘zi bilan parrakni aylantirgan holda kirish truboprovodidagi gazni chiqish truboprovodiga uzatadi. Bosimning ortishigaz zarrachalari xarakatining ortishi va eksentrik joylashgan rotorli kompressor korpusi va parrak orasida siqilishi xisobiga bo‘ladi. Ish paytida kirish venteli va chiqish venteli ochiq holatda bo‘ladilar Rototsion kompressorlada kameralardagi havoning siqilishi natijasida yuqori bosim paydo bo‘ladi. Markazdan qochma kompressorlarda statik quvvat R2 burchak tezlik ω ga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bu mexanizmlar uchun ishonchli ishlashlik, konstruksiyasining mustaxkamligi va eksplutatsion talablar qo‘yiladi. Bunday kompressorlar bosimi 6·106 dan 15·106 Pa gacha bo‘lgan havo bosimi olish uchun qo‘llaniladi. Porshenli kompressorda krivaship valining aylanishi natijasida porshen xarakatga keladi va u pastga pastki holatga kelganda gaz ochiq klaponidan tortib olinadi.porshen yuqoriga xarakatlanganida klapon yopiladi va gazning siqilishi yuzaga keladi va bu gaz istemolchiga uzatiladi. Porshenli kompressorlar havoni bir hilda uzatib bera olmasliklari bilan boshqa turdagi kompressorlardan farqlanadi. Porshenli kompressorlar o‘zining murkkab konstruksiyasi bilan markazdan qochma kompressorlardan farq qiladi va ular bosimi 1000·105 Pa gacha bo‘lgan havo olish imkonini beradi.
Yuqori bosimlar faqatgina ko‘p taktli kompressorlar yordamidagina olinishi mumkin. Bunda gaz bir necha slindrlar va porshenlar yordamida siqiladi. Gazni siqish jarayonida kompressorning qizishi kuzatiladi. Bunda kompressorni sovuq suv yordamidasovutib turiladi. Sovutish natijasida bir xil temperatura ushlab turiladi va yurituvchi dvigatelning quvvati pasayadi. Kompressor ishchi valining burchak tezligi porshenli kompressorlarda 30-75 rad/sek, rotatsion kompressorlarda 300rad/sek, trubinali kompressorlarda 1200 rad/sek gacha bo‘ladi.
Ishchi personalning boshqaruvisiz kompressorning ish rejimini,yoqib- o‘chirilishini boshqarish avtomatik boshqarish qurilmasi orqali boshqariladi.Kompressor qurilmalarini avtomatlashtiruvchi bir necha elektr yuritmalarini boshqrish sxemalarini ko‘rib chiqamiz. Sanoat korxonalaridagi Kompressor-larning bir sutka davomidagi ishlab chiqaruvchanlik (samaradorlik)ining grafigi o‘zgaruvchan xarakterga egadir. Iste’molchilarning normal ishlashini ta’minlash uchun havo bosimining bir xilda bo‘lishini ta’minlash lozim.Bu esa Kompressorlar avtomatlashtirish schemasiga qo‘yiladigan talablardan biri hisoblanadi.
Kompressor havo yuborgichidagi havoning bosimi iste’molchining qancha miqdorda havo iste’mol qilishiga bog‘liqdir. Qachonki havoning yuborilishi Kompressor ishlab chiqaruvchanligiga mos bo‘lsa shundagina havoning bosimi nominal bo‘ladi.Agar havoni iste’mol qilish ishlab chiqaruvchanligidan ko‘p bo‘lsa unda bosim pasayadi. Kompressor yuritmalarida ko‘plab hollarda yurituvchi dvigatel sifatida qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar va sinxron dvigatellar qo‘llaniladi. Kompressor ishlab chiqaruvchanligini boshqarish bosim sozlagich yordamida klapanlarni ochish yoki berkitish orqali bajariladi. Ishlab chiqaruvchanlikni boshqarish. Kompressor agregatlarini yuklama grafigiga va maxsus bosim o‘lchovchi asbob monometrga bog‘liq holda o‘chirib yoqish orqali xam amalga oshirilishi mumkin. Monometrning kontaktlari dvigatelni boshqarish sxemasi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Quvvati 50 kVt dan yuqori bo‘lgan kompressor qurilmalarining yuritmalarida sinxron dvigatellar qo‘llaniladi.Bu dvigatellar uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar xam olib boriladi.Kompressor qurilmasi yuritmasi dvigateli quvvati quyidagi ifoda Bilan xisoblanadi:

Pd=Pnom / ηt=[Q A / ηk ηp]*10-3 ,


bu yerda: A-1m3 havoni siqishda bajargan ish.


(1,01·103 N/m3 dan talab etilgan ish bosimigacha )
Q- kompressorning samaradorligi,m3/sek;
ηk -kompressorning FIK;
ηp -uzatmaning FIK;

2-rasmida uy holodilnigini elektr boshqarish sxemasi keltirilgan. Kompressor qurlmasi yuritma dvigatelini ishga tushi-rish va to‘xtatish tempratura remsi Bilan jixozlangan avtomatik o‘chirgich AV orqali bajariladi.Holodilnik shkafida xarorat ortib ketganda rele va kontakni pasayib ketganda esa V kontakni dvigatelni tarmoq bilan ulaydi.


Kompressor yuritmasi bir fazali o‘zgaruvchan tok elektrodvigateli orqaoi xarakatga keladi.2-rasmdagi PO-ishchi,PO esa dvigatel ni ishga tushirish cho‘lg‘amini anglatadi. Dvigatelni ishga tushirish quyidagi tarzda bajariladi.Avtomatik ulagich orqali tarmoq bilan bog‘langan dvigatel cho‘lg‘amlaridan va ishchi rele RP cho‘lg‘amlaridan tok oqa boshlaydi. Dvigatel ishlay boshlaydi. Kompressor yuritmasi dvigatelini o‘chirish va yoqish avtomatik ravishda bajariladi.
3-rasmda porshenli kompressor yuritmasining sinxron dvigatel bilan bog‘langan texnik sxemasi keltirilgan.4-rasmda esa kompressor qurilmasini boshqarish uchun prinspial sxema keltirilgan.
Kompressor qurilmalarini avtomatik nazorat qilish quyidagi tartibda bajariladi.
1. Kompressor 1-silindrdagi havo xaroratining ortishi bilan pribor ishlashi va uni o‘chirishi lozim.
2.Oraliq holodilnikidagi havo xaroratining ortshi bilan pribor signal berishga ishlashi kerak.
3.Kompressor silindrdagi havo xarorati birdaniga ortib ketganda pribor o‘chirishga ishlashi kerak.
4.Oraliq holodilnikdagi havo bosimining normaldan ortishi bilan pribor signalga ishlashi kerak.
5.Konusli holodilnikdagi bosim normalidan ortib ketganda saqlagich klaponi bo‘lmaganda pribor signalga ishlashi kerak.
6.Sovutish suyuqligi bo‘lmaganda pribor signalga ishlashi kerak.
7.Moyning xarorati ortib ketganda pribor signalga ishlashi kerak.
8.Sovutish tizimida bosim bo‘lmaganda pribor o‘chirishga ishlashi kerak.
9.Kompressor podshipniklari va yuritmasi dvigatelidagi xarorat ortganda pribor uzishga ishlashi kerak.

Avtomatik boshqarish elektr sxemalarini tuzilayotganda kompressor qurilmalarini yaqin va uzoq masofadan ishga tushirish va to‘xtatish masalasiga ham e’tibor berilishi kerak.


Qurilmani avtomatik boshqarish rejimiga o‘tkazish uchun rubilnik va KP knopkalari bosiladi. Bunda RP rele ishga tushadi va kontaktor K ni ishga tushirilayotgan kompressor qurilmaning yuritma dvigatelizanjiri bilan birlashtiriladi. Kontaktor g‘altagi zanjiri sxemada aytib o‘tilmagan.
Ruxsat etilgan bosimlarda zaxiradagi kontaktli monometr KM ishga tushadi va u oraliq relesi RP g‘altakni zanjiri bilan bog‘lanadi. Oraliq relesining ajralgan kontaktlari esa kontaktor K g‘altak zanjiri bilan bog‘lanadi. Dvigatel statori tarmoqdan uzilib qoladi va kompressor ishdan to‘xtaydi. Kontaktor K ning kontaktlari birlashishi natijasida vaqt relesi RV ning ma’lum bir muddatdan so‘ng dvigatelni qayta ishga tushirish uchun ishga tushiradi.RV ning kontaktlari oraliq relesi RP ni ishga tushiradi.va bu o‘z navbatda elektromagnit KEG ni ishga tushiradi.
Zaxiradagi havoning bosimi maksimalgacha ko‘tarilganda kontaktli monometr KM o‘zining ikki kontaktlari bilan oraliq relesi RP ning kontaktlari bilan bog‘lanadi.RP relesining kontaktlari o‘z navbvtida kontaktor K ning kontaktlari Bilan bog‘lanadi.Shundan so‘ng kompressor
Yuritmasi dvigatelining stator cho‘lg‘ami manbadan uzilib qoladi va dvigatel ishdan to‘xtaydi. Kompressor qurilmasining avariya ish rejimlarida datchiklar ko‘rsatkichlari bilan birgalikda RP5 va RP6 oraliq relelari RP10 bilan birgalikda “STOP” signalini beradi va ular kontaktor K ni manbadan uzib qo‘yadilar. Kompressor qurilmasining dvigatelini normal ishdan to‘xtatish uchun KS knopkasi bosiladi.Bunda kontaktor K ning g‘altak zanjiri va RP oraliq relesi manbadan uzilib qoladi.


III.LABORATORIYA QURILMASINING TUZILISHI.
Amaliy mashg‘ulotlarni olib borish davomida kompressor qurilmasining turli qisimlari, avtomatik boshqarish sxemalari va boshqa qismlardan foydalanish maqsadlidir.mashg‘ulotlarni kompressor holodilnik yordamida olib borish maqsadga mofiqdir. Bunday holda labaratoriya qurilmasi uy sharoyitidagi avtomatik holodelnikning sovtish kamerasi yoki o‘rta ishlab chiqarish samaradorligiga ega bo‘lgan holodelnik sovitish kamerasi bilan jixozlangan bo‘lishi kerak .







IV.ISHNI BAJARISH TARTIBI:
1.Kompressor qurilmasining texnik sxemasi bilan tanishib uning aloxida qisimlari: dachiklar, o‘lchov apparatlari, nazorat qurilmalari to‘g‘risida texnik malumotlarni olishlik va texnik sxema eskizi Bilan tanishib chiqishlik lozim.
2.Kompressor qurilmasining elektr jixozlari bilan tanishish va jixozlarning aloxida elementlari:o‘lchov va nazorat priborlari hamda boshqarish va ximoya apparatlari to‘g‘risida texnik malumotlarni olishlik kerak .
3.Kompressor qurilmasi ishini boshqaruvchi elektr sxemasi bilan tanishib uning prinspial va montaj sxemalari eskizini o‘rganishlik kerak.
4.Mashg‘ulot uchun xisobot yozishlik kerak .

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling