Ish maqsadi


Download 1.22 Mb.
bet2/11
Sana31.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1310701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UMUMSANOAT lab

Pc=[(G1+Go)*V]/(102* η) (1)
Mc=[(G+Go)*Db]/(2i η) (2)

Bunda: G- yukni vazni, H(kg)


Go- yukni ko‘tarish moslamasining vazni, H(kg)
V- ko‘tarish tezligi [m/s]
η - ko‘tarish mexanizmning foydali ish koeffitsenti
i- oraliq uzatishlarning uzatish soni (dvigatelning validan to yukni ko‘tarish moslamasiga bo‘lgan oraliq uchun)
Db –baraban diometri [m].

Yukni tushish paytida elektr dvigatel uchun kerakli bo‘lgan quvvat va moment:




PT=Pish – [(G+Go)Vo/1000] (3)


MT=Mish – [(G+Go)Db/(2i)] (4)

Mexanizmdagi ishqalanish oqibatida hosil bo‘ladigan:


Pish = [Go/(1000Zo)](1- η o)
(5)
Mish = [GoDb/(2i* η o)](1- η o)

Tormozlovchi tushish paytida elektr dvigatelning PTT va MTT quyidagi tenglamalar orqali xisoblaniladi:


PTT=[(G+Go)V1/1000] η1
(6)
MTT=[(G+Go)Db/2*i] η1
Bunda: V1- tormozlovchi tushish paytidagi tezlik [m/s]
η 1-Tormozlovchi tushishning foydali ish koeffitsenti.
Tormozlovchi tushish paytida foydali ish koeffitsenti Z1 yukni ko‘tarishdagi foydali ish koeffitsentiga teng deb qabul qilinadi.

Aravacha mexanizmni yuklangan xolati uchun statik quvvati va momenti:




Pc=k(G+Go) · (m·r+f)V
1000Rk* η (7)


Mc= k(G+Go) · mr+f)
η
Bunda: G – yuk vazni H(kg)
Goaravacha mexanizmning vazni H(kg]
V – xarakat tezligi
Rk – silindrsimon niqobli g‘ildirak radusi [m]
k – g‘ildirak qirg‘oqlarini nisbattan xarakatga bo‘lgan qarshilikni xisobga oluvchi koeffisent K=1,6÷1,8 ga teng deb olinadi.
M – ishqalanish sirpanish koeffitsenti
M=0,015÷0,02 ga teng.
F – relslarga nisbatan g‘ildirakni tebraninsh qarshiligi koeffitsenti
I – aravacha mexanizmining oraliq uzatish soni
r – g‘ildirak o‘qining radusi [m]
η – aravacha mexanizmning foydali ish koeffitsenti.
LABORATORIYA_USKUNASINING_TAVSIFI.'>LABORATORIYA USKUNASINING TAVSIFI.
Ko‘prik kranlarining o‘zgarishiga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotida uning tarkibiy qismiga kiradigan bir necha alementlar ko‘rib chiqiladi. Bulardan: elektr dvigatelning ximoya paneli, tormozlovchi elektr mognitlar, kontrollar, yuritib – boshqaruvchi qarshiliklar va boshqalar. Kranlarning mexanik qismlarini tuzilishini o‘rganish asosan plokatlar yordamida olib boriladi. Kranlarning montaj tuzilishini o‘rganishda xam plokatlar bilan foydalanildi.
Yurituvchi dvigatelni tarmoqqa ulashda meniya kontaktorlarda L yoki revers – kontaktor V va N orqali amalga oshiriladi. Bir fazali tormozlash rejimida O kontaktor ulanadi. Dvigatelni tezligini rostlash maqsadida P; 1U, 2U, 3U, 4U kontartorlari orqali yuritib boshqaruvchi qarshiliklar yordamida amalga oshiriladi.
TSA tipdagi kontroller yukni ko‘tarish va tushirishni boshqarishi uchun to‘rt holatga bo‘lib kerakli suniy xarakteristikalar sonini bel-gilaydi. Rotar zanjirining oxirgi holatlarida zanjiri uzilmaydigan qarshiliklar qolishi mumkin.
Kontrrollarning sxemasi nosimmetrik yukni ko‘tarish paytida qarshiliklar rotor zanjirning faza cho‘lg‘amlari bilan ketma-ket ulangan, tezlikni oshirish kerak bo‘lsa P; 1U, 2U, 3U, 4U kontaktlari bilan shuntlanadi.
Yukni tushirishda dvigatelning tormoz yoki yuk ostida tushirish rejimlari qo‘llaniladi.
Nominal yuklanish bilan ishlayotgan dvigatel quyidagi ketma – ketlikda manbaa ulanadi: Kontrollerning 1-chi va 2-chi xolatida teskari ulash rejimiga; 3- chi holatida bir fazali tormozlash rejimiga; 4-chi xo-latida revers rejimiga (bunda N kontaktori ulanadi) va dvigatel yukni tushirish rejimiga o‘tadi.
Sxemada KVV va KVN chetki vыklyuchatellarni qo‘shimcha kontaktorlari hamda oyoq boshqarish pedallarini kontaktori ko‘zda tutiladi.
(NP 2 – avariya pedali, NP 1 – operativ pedali).
Pedallarning kontaktorlaring uzish oqibtlarida teskari ulash rejimidan bir fazali to‘xtash rakiligi o‘tish ta’minlanadi.
Bundan tashqari sxemani ishonchliligini oshirish maqsadida RB relesi va 1 RU, 2 RU lar o‘zgarmas tok bilan oziqlanadi.


IShNI BAJARISH TARTIBI.

  1. Ko‘priklik kranning tuzilishi bilan tanishish.

  2. Kranning elektr jixozlari bilan tanishish.

  3. Kranni ishlatish davomida tavsiya etilayotgan extiyotkorlikning chora- tadbirlari.

  4. Nazorat savollariga javob tuzish.



LABORATORIYA ISHIGA BO‘LGAN UYDAGI TAYYORGARLIK.
Laboratoriya ishini o‘rganishdan dastavval mustaqil ravishda quyidagilarni bajarish lozim:

  1. Ko‘prik kranning elektr jixozlari elementlari bilan tanishish.

  2. Ko‘prikli kranning boshqarish sxemasini ishchi rejimi blan tanishish.

  3. Adabiyotlardan kerakli nazorat ma’lumotlarini o‘rganish.

  4. Nazorat savollariga javob tuzish.



NAZORAT SAVOLLARI.

  1. Ko‘prikli kranning elektr boshqaruv sxemasida qo‘llaniladigan blokirovkalarni ayting?

  2. Tormozlovchi mexanizmning vazifasi nimada?

  3. Qaysi opparatlar belgilangan manzildan kran mexanizmni o‘tib ketishidan saqlaydi?

  4. Qachon yuk tushish jarayoni kuch osti, qolgani esa va tormozlovchi deb ataladi?

  5. Qaysi opporatlar ko‘prikli kranlarni o‘ta yuklanishdan saqlaydi.




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling