N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


VIII BOB. KATTA ORALIQLI BINO VA INSHOOTLARNI MONTAJ


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

VIII BOB. KATTA ORALIQLI BINO VA INSHOOTLARNI MONTAJ
QILISH USULLARI 
8.1. Umumiy qoidalar 
 
Ko‘pchilik sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun arxitektura 
nuqtai nazaridan, foydalanish talablari bo‘yicha oraliq tayanchlarni 
qurmasdan katta oraliqli qoplama (ustyopma) larni nazarda tutish zarur.
Barcha muhandislik inshootlaridan bir qavatli sanoat binolari 
iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalarini joylashtirish uchun keng 
qo‘llanilmoqda. Katta oraliqli fuqarolik binolariga yirik sport, ko‘rgazma va 
konsert zallari, usti yopilgan stadionlar, vokzallar, sirklar, bozorlar va 
boshqa shunga o‘xshash inshootlar kiradi. Sanoat binolarida katta oraliqlar 
ko‘pincha avia va kemasozlik yig‘uv sexlarida, mashinasozlik 
korxonalarining yig‘uv va eksperimental sexlarida eng ko‘p qo‘llaniladi. 
Binolardan foydalanish va yong‘in havfsizligi texnologiyasi samolyotlarning 
turishi va ta’mirlanishi uchun mo‘ljallangan, qo‘shma transport 
birliklarining katta miqdori joylashtiriladigan yirik avtobus va trolluybus 
parklari uchun katta oraliqli binolarni loyihalashni talab etadi. 
Katta oraliqli binolarning xilma – xilligi va ularga qo‘yiladigan turli 
xil talablar tegishli konstruktiv yechimlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pincha, ramali, 
to‘sinli tizimlar, arkali ustyopmalar va osma fazoviy tizimlar qo‘llaniladi. 
Fazoviy inshootlarning konstruktiv yechimlari, ularni barpo etish shartlari
qurilish maydonining xususiyatlari, montaj qilish mexanizmlaridan 
foydalanish imkoniyatlari ko‘pincha eng maqbul texnologiyani va inshootni 
barpo etish ketma – ketligini talab etadi. Odatda, inshootni barpo etish 
uchun montaj qilishning xilma – xil usullaridan foydalanish mumkin
ko‘pincha ular birga qo‘shib foydalaniladi va shu bilan texnologiyalarning 
ko‘p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj 
ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi. 


72 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling