Ma’ruza 5 lokomotiv ta’mirlash korxonalarining tayyorlov sexlarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Download 32.11 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa\'ruza 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi
MA’RUZA 5 LOKOMOTIV TA’MIRLASH KORXONALARINING TAYYORLOV SEXLARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH Reja 5.1. Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi 5.2. Sexlar va uchastkalarning ishlab chiqarish tarkibi. Tayanch so’z va iboralar sex, uchastka, bo’lim, ishlab chiqarish, tarkib, tashkil etish, ixtisoslashuv 5.1. Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi – sexlar va xizmatlarning ular orasidagi bog`liqlik ko`rsatilgan tarkibidir. U tizimning “kirish” qismini “chiqish” qismiga biznes-rejada belgilangan parametrlar bo`yicha qayta o`zgartirishni ta’minlaydi, ishlab chiqarish qurollarini siljishini aniqlaydi va ishlab chiqarish jarayonining barcha bo`g`inlarini vaqt va makonda eng maqbul bo`lishini belgilaydi. Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi quyidagilarni hisobga olib shakllantiriladi: • ta’mirlanayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning (mahsulot turi, uni ta’mirlash va ishlab chiqarish mehnat sig`imi) konstruktiv va texnologik xususiyatlari; • mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish turi; • ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va uni kooperatsiyalashuvi darajasi; • korxona tarkibi murakkabligi va uning o`lchamlariga bevosita ta’sir ko`rsatuvchi texnologik jarayonlarning murakkabligi va turli-tumanligi. Mahsulotlar turi va ularning konstruktiv-texnologik bir jinsliligi quyidagilarga ta’sir ko`rsatadi: • ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga (masalan, tortuv harakat tarkibi konstruktsiyasida ko`plab quyma va shtamplangan detallar ishlatiladi, bu esa tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash korxonalari quyuv va temirchilik sexlariga ega bo`lishi talab etiladi); • ishlab chiqarish jarayoni xarakteriga (uzluksiz, uzlukli, to`liq va to`liq bo`lmagan ishlab chiqarish siklli, avtomatlashtirilgan va hokazo); • sexlarning tarkibi va soniga; • sexlarning ixtisoslashuv darajasi va shakliga; • ta’mirlash mehnat sig`imi yoki mahsulot ishlab chiqarishga. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uni ta’mirlash yoki ishlab chiqarish mehnat sig`imi sexlarning o`lchami, ularning soni va ixtisoslashuviga ta’sir etadi. Ishlab chiqarish hajmining katta bo`lishi qator xollarda texnologik jarayonlar va mahsulotlarni alohida sexlarga ajratish imkonini bermaydi. Ixtisoslashuv shakli va kooperatsiyalashuv darajasi sezilarli ravishda korxonaning ishlab chiqarish tarkibini aniqlaydi. Ixtisoslashuv shakli va kooperatsiyalashuv darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, maxsulot turi shunchalik cheklangan, ishlab chiqarish texnologiyasi bir jinsliroq va korxonaning ishlab chiqarish tarkibi oddiyroq bo`ladi. Sex va uchastkada band bo`lgan ishchilar soni bilan aniqlanuvchi ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqariluvchanligi me’yorlari sex va uchastkalarning soni va o`lchamlariga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Keltirilgan omillarga bog`liq ravishda korxonalar to`liq texnologik siklli, mexanik-yig`uv va yig`uv turli, ma’lum bir yig`uv birliklari va detallarni ishlab chiqarishga yoki ishlarni texnologik bir jinsliligi bo`yicha ixtisoslashgan bo`lishi mumkin. Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash bo`yicha ko`pchilik zavodlar to`liq texnologik siklli, lokomotiv depolari esa mexanik-yig`uv va yig`uv turlarida tashkil etilgan. Lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarining barcha xo`jaliklari sanoat ishlab chiqarishi va nosanoat (ijtimoiy soha – madaniy-turmush, tibbiy, bolalar va boshqa tashkilotlar) ishlab chiqarishlariga bo`linadi. Sanoat ishlab chiqarishi asosiy va yordamchi turlardan tarkib topgan. Asosiy ishlab chiqarishi – tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. U asosiy sexlar guruhini qamrab oladi: tayyorlov, ishlov berish, yig`ish yoki ta’mirlash-yig`ish. Asosiy ishlab chiqarish sexlari soni odatda olti-ettitadan ortmaydi, bu ishlab chiqarishni korxona rahbariyati (ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosari, ishlab chiqarish-dispetcherlik bo`limi boshlig`i va boshqalar) tomonidan samarali boshqarilishi imkonini beradi, chunki o`rnatilgan tartibga ko`ra tarkibiy birikmalar rahbarlarining bo`ysinuvidagi xodimlar soni besh-sakkiz kishidan ortmasligi kerak. Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash zavodi asosiy sexlari tarkibi quyidagicha: asosiy – teplovoz, dizel, aravachalarni ta’mirlash, g`ildiraklar, elektr apparatlari, elektr mashinalari, tortuv motorlari yoki gidravlik uzatmalar; tayyorlov – temirchilik, quyuv; ishlov berish – mexanik, galvanik-termik sexlari. Yordamchi ishlab chiqarish – asosiy ishlab chiqarishni faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo`lgan vositalar (xizmatlar) ishlab chiqarishidir. U korxona boshqaruvi xizmatlariga bevosita bo`ysinishdagi yordamchi sexlar va xo`jaliklar guruhini qamrab oladi (1-jadval). 1-rasmda tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash zavodining taxminiy ishlab chiqarish tarkibi hamda sex va xizmatlarning o`zaro bog`lanishi sxemasi keltirilgan. 1-rasmda tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash zavodining taxminiy ishlab chiqarish tarkibi hamda sex va xizmatlarning o`zaro bog`lanishi sxemasi Download 32.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling