Ma’ruza 5 lokomotiv ta’mirlash korxonalarining tayyorlov sexlarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Sexlar va uchastkalarning ishlab chiqarish tarkibi
Download 32.11 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa\'ruza 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sex yoki x o`jalik Bo`ysinuvi
- Nazorat savollari
26.2. Sexlar va uchastkalarning ishlab chiqarish tarkibi.
Korxonaning ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini uni tarkibi bilan umumlashtirish kerak emas. Korxona tarkibiga sexlar va ishlab chiqarishga mo`ljallangan xo`jaliklardan tashqari quyidagilar kiradi: • kapital qurilish va atrof-muhitni himoya qilish bilan bog`liq sex va ho`jaliklar; • mehnat jamoasiga hizmat ko`rsatish bo`yicha birlashmalar (uy-joy-kommunal ho`jaligi, oshxonalar, sog`liqni saqlash punktlari va poliklinikalar, dam olish uylari va sanatoriyalar, klublar va madaniyat saroylari, bolalar bog`chalari va yaslilar, sport inshoatlari, do`konlar, o`quv kombinatlari va boshqalar); Boshqaruv va qo`riqlash hizmatlari (zavod boshqarmasi, yong`in havfsizligi bo`linmasi, ruhsatnomalar byurosi va hokazo). Yordamchi ishlab chiqarishning sex va xo`jaliklari
Korxonalar ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi rivojlanishining asosiy mezonlari quyidagilardan iborat: • korxonaning ishlab chiqarish bo`linmalari soni va o`lchamlarini optimallashtirish; • asosiy va yordamchi bo`linmalar orasidagi oqilona munosabatlarni ta’minlash; • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning konstruktiv va texnologik bir jinsli bo`lishiga erishish; • barcha bo`linmalarni korxona hududida oqilona joylashtirish; • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish; • korxonaning ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi komponentlarini ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlarni progressivligi, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasi, kadrlar malakasi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha proporsionallik prinsipiga mos bo`lishini ta’minlash; tarkibiy tuzilmani mehnat qurollari siljishi vaqti va yo`lini kamaytirish maqsadida texnologik jarayonlarni to`g`ri oqimlilik prinsipiga mos bo`lishini ta’minlash; • qayta ishlash tizimidagi jarayonlar (korxonaning ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasida) sifati darajasini yakunda yuqori bo`lishini ta’minlash; • yirik korxona tarkibida ishlab chiqarish predmetli yoki texnologik ixtisoslashgan yuridik jihatdan mustaqil bo`linmalarni yaratish; • ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmalarini soha bo`yicha yaratilayotgan yangi yutuqlar va yangi mahsulotlarga adaptivligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmalarini rivojlanishi va loyihalashtirish sohasidagi yangiliklarni muntazam o`rganib borish. Lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarining tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarishning murakkabligi, mahsulot hajmi, sanoat-ishlab chiqarish xodimlari soni va boshqa mezonlarga ko`ra quyidagicha bo`lishi mumkin: • sexsiz (ikki bo`g`inli) – depo boshlig`i (boshliq o`rinbosari) – uchastka katta ustasi (ustasi); • sexli (uch bo`g`inli) – zavod direktori (direktor o`rinbosari) – sex boshlig`i (boshliq o`rinbosari) – uchastka boshlig`i (katta ustasi). Ishlab chiqarish tuzilmasi tashkiliy tuzilma bilan birgalikda korxonaning tarkibiy tuzilmasini hosil qiladi. Sexning birlamchi boshqaruv-ishlab chiqarish bo`linmasi bo`lib ishlab chiqarish uchastkasi – texnologik, predmet yoki predmetli-texnologik prinsiplar bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlari guruhi hisoblanadi. Sex uchastkalari soni ishlab chiqarish hajmi ixtisoslashuvi, bajariladigan ishlar murkkabligi, jihozlar tarkibi, ishchilar malakasi va boshqalarga bog`liq. Bevosita sex boshlig`iga odatda ko`pi bilan besh-oltita uchastkalar bo`ysinadi. Sex uchastkalari tarkibi, ularni kooperatsiyalashuvi tartibi va shakli sexning ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil qiladi. Uchastkalarni tashkil etish mezoni bo`lib xodimlar soni hizmat qiladi, u 15-35 kishini (ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga ko`ra) tashkil qiladi. Sexning yordamchi tuzulmaviy bo`linmalariga sex mexanigi uchastkalari (texnologik jihozlar va moslamalarni ta’mirlash uchun), sexga biriktirilgan transport, texnik nazorat bo`limlari, omborlar (instrumental, jamlash, ehtiyot qismlar) va boshqalar kiradi. Nazorat savollari 1. Mehnat qurollari siljishi turlicha bo‘lganda ishlab chiqarish sikli qanday o‘zgaradi? 2. Bosh operatsiya deb nimaga aytiladi? 3. Siljishning ketma-ket turi qachon qo‘llaniladi? 4. Siljishning ketma-ket-parallel turi qachon qo‘llaniladi? 5. “Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi” nima? 6. Ishlab chiqarish sikli nima? 7. Ishlab chiqarish sikliga qanday omillar ta’sir etadi? Download 32.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling