N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.5-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi:
1 – kran; 2 – teleskopik vaqtincha tayanchlar; 3 – domkratli tayanch tugunlari. 
Qo‘shni elementlarini tayanishi uchun mo‘ljallangan, bu 
tayanchning pastki qismi esa arkalarning tortqi elementlarining tayanishi 
uchun mo‘ljallangan. Arka, tortqi va osmalarining elementlari gusenitsali 


85 
kran yordamida montaj qilinadi. Yig‘ilib montaj qilingan elementlar 
to‘g‘rilanib, ularning geometrik holati tekshirilib, ikkita navbatdagi 
to‘sinlarning va ular tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib, barcha 
tirgaklar va ular orasidagi bog‘lanishlar montaj qilingandan va loyihaviy 
mahkamlangandan so‘ng ko‘chirish - gumbaz hosil qilish amalga oshiriladi. 
Bu maqsadda vintli domkratlar vaqtinchalik tayanchlarning ichki teleskopik 
seksiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak. 
Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki seksiyalari kran 
yordamida quyi holatga tushiriladi va montaj qilishga navbatdagi yarim 
arklar juftligi tayyorlanayotgan keyingi to‘xtash joyiga ko‘chiriladi. 
 
8.5. Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko‘chirish usullari 
 
Tayanchlarga o‘rnatish usuliga bog‘liq holda vertikal ko‘tarish, 
burish, surish, dumalatish yo‘li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi. 
Vertikal ko‘tarib o‘rnatish usuli ko‘tarilayotgan konstruksiya yoki
inshootning massasi montaj mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan 
ortiq bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Umuman bu usulning qo‘llanilishi 
konstruksiyani yaxlit holda ma’lum bir balandlikka u yoki bu mexanizmlar 
yordamida ko‘tarish va bunday ko‘tarish uchun mexanizmlar va 
moslamalarning mavjudligi bilan bog‘lanadi. Ko‘tarilgan konstruksiya 
ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo‘yish imkoniyati va bu 
tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib 
ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm). 
Tomyopma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig‘ib 
olib, keyin loyihadagi belgiga ko‘tarish katta ijobiy samara 
beradi. 
Fazoviy konstruksiyani yig‘ishni o‘rnatish joyida, binoning chetida yoki 
barpo etilayotgan inshootning bevosita yaqinida joylashgan, maxsus 
jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin. 


86 
Ayrim bloklarni, butun tomyopmani yoki uning asosiy ko‘taruvchi 
qismini loyihaviy holatga o‘rnatish joyi ostida yig‘ish ishi inshoot 
ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus gidroko‘targichlar yoki 
polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida 
ustunlar bo‘yi baland konsolli bo‘lishi kerak bo‘lib, bu konsollarga 
ko‘taruvchi polispastlarning qo‘zg‘almas bloklari osiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling