N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish. Bino 
poydevorlari uchun kotlovanlarni rejalashtirish ishchi rejalashtirish chizmalari 
asosida bajarilib , bu yerda koordinatlar o‘qi sifatida binoning o‘zaro 
perpendikulyar o‘qlarining kesishish joyi qabul qilinadi. 


40 
Binoning vertikal bog‘lanishi Davlat to‘rining geodezik reperiga 
nisbatan amalga oshiriladi. Reperni balandlik belgisi qurilish maydoniga nivelir 
yordamida ko‘chiriladi va mavjud yaqin binoga yoki gruntga mustahkam qilib 
kirgizilgan metall quvurga mahkamlanadi. 
Qurilish maydonida yer ishlarini bajarishga ro‘xsat faqat yer 
inshootlarini rejalashtirish geodezik ishlari bajarilib va kerakli rejalashtirish 
belgilari o‘rnatilgandan so‘ng beriladi. Rejalashtirish ishlari geodezik 
instrumentlar – teodolit va nivelir yordamida bajariladi. Yer inshootlarini joyida 
rejalashtirish yoki ularning o‘lchamlarini chizmadan qurilish maydoniga 
ko‘chirish, ya’ni bino o‘qlarini naturaga ko‘chirish davlat geodezik xizmati 
tomonidan bajariladi. Keyingi geodezik ishlar, barpo etilayotgan bino 
elementlarini rejalashtirishni pudrat tashkilotining geodezik xizmati amalga 
oshiradi. Poydevorlar uchun kerakli kotlovan va transheyalarni rejalashtirish 
bino va inshootlarni rejalashtirish bilan birga amalga oshiriladi, binoning o‘qlari 
kesishish o‘rni qoziqlar bilan belgilanadi. 
Loyiha “natura”ga qo‘chirilganda asosiy va detallashtirilgan geodezik 
ishlar bajariladi. Asosiy ishlarga mahalliy joyda binoni bosh va asosiy o‘qlarini 
aniqlash va mahkamlash kiradi. Detallashtirilgan ishlar bino elementlari 
konfiguratsiyasini, o‘lchovlarini va balandliklarini mahkamlashni ta’minlaydi.
Bosh o‘qlar – o‘zaro perpendikulyar chiziqlar bo‘lib, ularga nisbatan 
bino va inshootlar simmetrikdir. Ular murakkab ko‘rinishdagi va katta 
o‘lchovlarga ega ob’yektlar uchun rejalashtiriladi. 
Asosiy o‘qlar bino va inshootni plandagi konturini aniqlaydi. Kotlovanni 
rejalashtirish uni qazishdan oldin tarang tortilgan simlardan shoqul yordamida 
aniqlanib qoziqlar yordamida belgilanadi. Bino va inshootlarni rejalashtirish 
tekshiriladi va dalolatnoma asosida qabul qilinadi. Qurilish jarayonida vaqti-
vaqti bilan obnoska va rejalashtirish belgilari holati nazorat qilinadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling