N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
11.2.1. Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari 
 
Montaj qilish texnologiyasini amalga oshirish uchun texnik vositalar 
sifatida minorali kranlar, o‘ziyurar strelali va chorpoyali kranlar tavsiya qilinadi. 
Binoning eni 18m gacha bo‘lganda minorali va strelali kranlarni binoning bir 
tomoni bo‘ylab, agar eni katta bo‘lsa binoni ikki tomonidan yoki ichiga 
o‘rnatiladi.
Yuk ko‘tarish qobiliyati 5...25t gacha bo‘lgan minorali kranlar ko‘p 
qavatli sanoat binolarini konstruksiyalarini montaj qilishda keng qo‘llaniladi. 
Qo‘llanilayotgan strelali kranlar gusenitsali va pnevmog‘ildirakli yurish qismiga 
ega bo‘lib, 16t dan 100t gacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega va oddiy strela 
yoki minorali-strela jihozlariga ega. 
Kranlardan (minorali va strelali) foydalanishning aralash varianti pastki 
qavatlarda o‘rnatiladigan ustunlar og‘irligi 8...10t bo‘lsa, qolgan element 
konstruksiyalarining og‘irligi 5t dan oshmasa qo‘llaniladi. Bu holatda yuk 
ko‘tarish qobiliyati 16...25t gacha bo‘lgan strelali kranlar pastki qavatlardagi 
ustunlarni, boshqa qolgan barcha elementlar yuk ko‘taruvchanligi 5t lik minorali 
kran bilan montaj qilinadi. 


134 
Gorizontal sxemada kranlar bino tashqarisida bir tomondan yoki ikki 
tomondan qilib o‘rnatiladi, vertikal sxemada kran odatda binoning o‘rta 
oralig‘iga joylashtirilib va konstruksiyalar binoning butun balandligi bo‘yicha
yacheykalar bilan montaj qilinadi. 
Amalda montaj kranlarini joylashtirishni quyidagi sxemalari keng 
qo‘llanilayapti: kran binoning bir tomonida – kengligi 24 m gacha bo‘lgan 2...3 
oraliqli bino; 2 kran binoning ikki tarafidan – 4, 6 va 8 oraliqli bino; kran 
binoning o‘rta oralig‘ida – 3, 5 va 7 oraliqli bino
Agar binoda ko‘p sonli og‘ir va katta gabaritli texnologik uskunalarni 
montaji ko‘zda tutilgan bo‘lsa va montaj aralash usulda chorpoyali kran 
qo‘llanilib olib boriladi. Chorpoyali kranlar bilan balandligi to‘rt qavatgacha 
bo‘lgan, ayniqsa kengligi ancha katta bo‘lgan binolarni montaj qilish maqsadga 
muvofiqdir. Yig‘ma konstruksiyalarni massasiga qarab oralig‘i 44m gacha, yuk 
ko‘taruvchanligi 30t gacha bo‘lgan chorpoyali kranlar qo‘llaniladi. 
Montajning asosiy talabi – binoning har bir montaj qilingan qismini va 
uning alohida elementlarini montajning har bir bosqichida o‘zgarmasligi, 
turg‘unligi va mustahkamligini ta’minlash bo‘lib, shuning uchun 
konstruksiyalarni o‘rnatish tartibi muhim omil bo‘ladi. Buning uchun montaj 
boshlanishida birinchi bikir yacheyka hosil qilinib, keyin unga binoning 
navbatdagi qismlari birlashtiriladi.
Montaj ishlarini kompleks brigadalar bajaradi, ularni tarkibiga 
montajchilar, elektrpayvandchilar, betonchilar, chilangarlar va boshqa 
mutaxassis ishchilari va turli yordamchi ishchilar kiradi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling