N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 –rasm. To‘sinsiz orayopmali bino karkasini montajining texnologik


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

11.5 –rasm. To‘sinsiz orayopmali bino karkasini montajining texnologik
ketma-ketligi: 
a – ustunlarni o‘rnatish; b – kapitellarni o‘rnatish; v – ustunlar oralig‘idagi va oraliq 
plitalarni o‘rnatish; g – konstruksiyalarni montaj qilish zonasi. 


148 
Kapitellarni montaj qilish, poydevor va ustun tutashuv joylaridagi beton 
yozda 70%, qishda 100% loyihaviy mutahkamlikka erishgandan so‘ng 
boshlanadi. Kapitellarni o‘rnatishdan oldin ustunni ikkala tomonidan (balandligi 
4,8m gacha) ko‘chirma montaj maydonchalari o‘rnatiladi yoki qavatni 
balandligi katta bo‘lsa tayanib turadigan maydonchali narvonlar qo‘yib 
chiqiladi. Keyin kapitel to‘rt tarmoqlik stroplarga ilinadi, unga ikkita arqonli 
tortqilar ulanadi va kapitel kran bilan montaj qilish joyiga uzatiladi. Kapitel 
ustunni ustki tomonida 20…30sm balandlikda ushlab turilib kerakli joyga arqon 
tortqilar yordamida yo‘naltiriladi va to‘g‘rilanib konsolga tegmaydigan qilib 
tushiriladi. 
Keyinchalik kapitel ustun konsoliga chizilgan reja o‘qlar bo‘yicha 
yo‘naltirilib to‘g‘rilanib pastga tushiriladi va ilmoqlar bo‘shatiladi. 
Vaterpas(shayton, obtarozi) yoki nivelir yordamida kapitelni holati gorizontal 
bo‘ylab tekshiriladi. Loyihaviy holatga keltirilgandan keyin kapitel va ustun 
konsollari tutashuv joylari payvandlanadi, qo‘shimcha ravishda kapitelni va 
ustunni bog‘lovchi to‘rtta armaturali qoplama qo‘yib payvandlanadi. 
Ustun ustidagi plitalarni o‘rnatishni, kapitelga chiqib, o‘q belgilarini 
kapitelga va plitalarga chizish va kerakli holatda armaturalarni chiqib turgan 
qismlarini to‘g‘rilab chiqish uchun narvon o‘rnatilishdan boshlanadi. Ustun 
ustidagi plitalar to‘rt ilmoqli strop bilan ilinadi va kapitel ustiga tayanish yuzasi
uzunligini ta’minlagan holda o‘rnatiladi. Keyin ilmoqlar ustun ustidagi 
plitalardan bo‘shatiladi va armaturalarni chiqib turgan qismlari payvandlanadi. 
Xudi shunday boshqa ustun ustidagi plitalar montaj zonasi chegarasida
o‘rnatiladi.
Oraliq plitalarni montaji barcha ustun tepasidagi orayopma plitalar 
montaj zonasida o‘rnatilib bo‘lingandan va ularning tutashuvlari
payvandlangandan keyin boshlanadi. Oraliq plitalarni ham to‘rt tarmoqli 
ilmoqlar bilan (strop bilan) ilintirib, oraliq va ustun ustidagi plitalar orasidagi 
tirqishlar bir xil bo‘lishini ta’minlagan holda ustun ustidagi plitalarni qo‘yma 


149 
detalini ustiga qo‘yiladi. Ilmoqlar bo‘shatilib tutashayotgan plitalarni 
armaturalarini chiqqan qismlari payvandlanadi.
Ikkinchi qavat konstruksiyalar montajini tutashuv joylari va choklarni 
beton bilan yaxlitlamasdan oldin ham boshlash mumkin. Ikkinchi qavat ustunlari 
pastki ustunning bosh ustiga qo‘yilib vaqtinchalik tirgovichlar bilan 
mahkamlanadi. Ustunlarni bir-biriga tutashish joylari bunda payvandlash va 
ishlov berish qulay bo‘lishi uchun orayopmadan 0,5…1m balandlikda 
joylashtiriladi,. Payvandlash ishlari tugagach va kerakli nazoratdan 
o‘tkazilgandan so‘ng , tutashuv joylari yaxlitlanadi.
Kerak bo‘lgan holda oldindan ustunlarni bosh qismini va montaj 
gorizonti belgilarni ijro geodezik s’emka (tasvir) asosida aniqlanishiga qarab 
pastda to‘rgan ustunlarga kerakli qalinlikdagi plastinkalar payvandlanadi.Keyin 
tayanch balkalari o‘rnatilib mahkamlanadi, ustun ilintirilib, o‘rnatish joyiga 
o‘zatiladi, pastda to‘rgan ustunni boshiga to‘shiriladi. Chizilgan chiziqlar 
birlashtiriladi, podkoslarni uchlari tayanch to‘sinlarga mahkamlanadi va 
ustunlarni vertikalligi (tikligi) podkoslar yordamida to‘g‘rilanadi. 
To‘g‘rilangandan so‘ng ustunni osti rixtalangan plastinkaga payvandlanadi va
ustun ilmoqdan bo‘shatiladi. 
Ikkinchi qavatni qolgan konstruktiv elementlari, xuddi birinchi qavatni 
elementlari kabi montaj qilinadi. 
To‘rtta ustunga mo‘ljallangan guruhli konduktorlar qo‘llanilganda
ustunlar konduktorda plan va vertikal bo‘ylab to‘g‘rilanadi. (11.6-rasm). O‘q 
belgi-chiziqlari bo‘yicha to‘g‘rilangan ustunni pastda turgan ustunni bosh 
qismiga qo‘yma qismlari bilan payvandlanadi va kontur bo‘ylab tutashuv 
joylari beton bilan yaxlitlanadi.


150 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling