N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Yakka konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
11.3. Yakka konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji 
 
Yakkali konduktor (11.1-rasm). kurinishidagi montaj uskunalari
mavjud bo‘lganda, karkas montajini alohida sxemada bajarish yaxshiroqdir. 
Avval montaj uchastkasi chegarasida hamma ustunlar montaj qilinadi, ular 
to‘g‘rilanadi, payvandlab mahkamlanadi va tutashuvlar bekitiladi. Rigellar 
o‘rnatilib, ularni tugunlari payvandlanib va yaxlitlangandan so‘ng, zinapoya 
elementlari montaj qilinib va orayopma plitalari o‘rnatiladi. Avval ustunlar 
oralig‘idagi tirgovich plitalar o‘rnatiladi, keyin asosiy yoki oraliq plitalar 
o‘rnatiladi. Barcha plitalar mustahkam qilinib rigellarga payvandlanadi va 
elementlar orasidagi choklar betonlanadi.


138 
Keyingi yarusdagi konstruksiyalarni montaj qilishga choklaridagi beton 
70% loyihaviy mustahkamligini egallagandan so‘ng kirishiladi. 
Payvandlash ishlarini bajarish uchun konduktor maxsus maydoncha 
bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Ustunlarni loyiha holatiga to‘g‘rilash, 
konduktorning rostlovchi vintlari orqali amalga oshiriladi. 
Karkas elementlarini qavatma-qavat yig‘ish tavsiya etiladi. Har bir 
yarusda ustunlarni o‘rnatishga qadar pastda to‘rgan ustunlarni bosh qismiga 
vintlar yordamida konduktorlar mahkamlanadi. Kran bilan ko‘tarib turilgan 
ustunni sekin-asta konduktor xomutlari ichkarisiga kiritiladi. pastki ustunni 
boshiga tushiriladi. Ustunlarni loyihaviy holatga o‘rnatilayotgan va pastdagi 
ustunni o‘zaro to‘g‘riligini ta’minlagan holda konduktorni vintlari yordamida 
keltiriladi. Vertikal bo‘yicha ularni to‘g‘rilash konduktorni yuqoridagi vintlari 
orqali bajariladi. Ustunlarni vertikal holatini aniqligi ikki o‘q bo‘yicha 
o‘rnatilgan teodolitlar yordamida nazorat qilinadi. Ustunlarni bir-biriga to‘g‘ri 
kelmasligi 5mm dan oshmasligi, vertikal bo‘yicha og‘ishi esa 3mm dan 
oshmasligi kerak. 
To‘g‘rilangandan so‘ng ustunlar yarusini birinchi qavat rigellarini 
o‘rnatishga o‘tiladi va rigellar bilan ustunlarni qo‘yma detallarini payvandlashga 
kirishiladi. Ustunlarni tutashuv joylarini payvandlab, rigellarni o‘rnatib va 
payvandlab, tirgovich plitalar va asosiy orayopma plitalar o‘rnatilgandan so‘ng, 
konduktorlarni boshqa joyga ko‘chirish mumkin.


139 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling