N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


  11.2.2. Bino karkasi montajining ketma-ketligi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 


135 
11.2.2. Bino karkasi montajining ketma-ketligi 
 
Montaj qilish ketma-ketligi bo‘yicha uchta etapga bo‘linadi:
• 
poydevorlarni o‘rnatish va binoni yer osti qismini montaji, ba’zida 
birinchi yarus ustunlarini; 
• 
binoning karkasini va orayopma plitalarini montaji to‘g‘rilab va 
mahkamkamlash bilan; 
• 
devorlarni yirik panellarini ilib o‘rnatish; 
Devor panellarini ilib o‘rnatish binoning karkasini boshqa 
elementlaridan montajidan bir yarusga kechikishi maqsadga muvofiqdir. 
Bino yer ustki qismini konstruksiyalari, odatda ob’yektni yer ostki qismi 
barcha ishlari − yerosti komunikatsiyalarini o‘rnatish, yo‘l va yo‘laklar qurilishi,
poydevor chetlari va sokol chetlari to‘ldirilishi va boshqalar tugagandan so‘ng 
montaj qilinadi.
Ikkita yoki uchta xarorat bloklari bilan bo‘lingan uzun binolarning 
konstruksiyalari harorat bloklari oralig‘ida qamrovlarga bo‘linib montaj qilinadi. 
Bunda bir qamrovdagi konstruksiyalarni montaji boshqa qamrovdagi 
umumqurilish va maxsus ishlar bilan birgalikda olib boriladi. Qamrovdagi 
konstruksiyalar montaj qilinib boshqa qamrovlarga bog‘liq bo‘lmagan holda 
qabul qilishga topshirilishi mumkin. 
Montaj qamrovlarini o‘lchamlari odatda quyidagicha qabul qilinadi:
• 
binoning uzunligi bo‘yicha – uzunligi 72m gacha bo‘lgan bitta harorat 
bloki; 
• binoning eni bo‘yicha – hamma bino yoki binoning yarmi kran 
binoning bo‘ylama tomoni bo‘yicha joylashtirilganda, bir necha ustun 
qadamlari − kran binoning ichida joylashtirilganda. 
Binolarni barpo etishda hamma uch xil montaj qilish usuli qo‘llaniladi: 
alohida, kompleks (majmuali) va aralash. Usullarni tanlash ko‘p faktorlarga 
(omil) shuningdek qo‘llanililadigan montaj uskunalariga ham bog‘liq. 


136 
Uskunalarni asosi bu bir yoki ko‘p qavatli ustunlarni o‘rnatishda ishlatiladigan 
konduktorlardir. Montaj usullari va montaj asbob-uskunalari ishlab chiqarish 
loyihasi (IBL) yoki texnologik xaritalar asosida binoning qavatlar soni, montaj 
ishlari hajmi va elementlarning konstruktiv xususiyatlariga qarab o‘rnatilishi 
kerak. Ko‘p qavatli binolarni karkasini montaj qilishda ustunlar ikki va undan 
ko‘p qavatga mo‘ljallangan bo‘lsa guruhli konduktorlardan va ramali-sharnir 
indikatorlari (RSHI)dan foydalanish tavsiya etiladi. Kam qavatli va ikki oraliqli 
binolar karkasini montaj qilishda bittalik konduktorlardan foydalanish 
qo‘layroqdir. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling