N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Kompleks montaj jarayoniga montaj qilish, payvandlash va tutashuv 
joylarini bekitish kiradi, faqat shu holatda konstruksiyalarni fazoviy bikirligiga 
va mustahkamligiga erishish mumkin. SHu sababli ko‘p qavatli sanoat binolarini 
montaj qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, payvandlash va barcha 
tutashuv joylari, choklarni bekitish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish talab 
qilinadi. SHuning uchun, har bir qamrov chegarasining montaj zonasida bir 
vaqtning o‘zida vaqtinchalik mahkamlash, o‘rnatilgan konstruksiyalarni no‘qtali 
payvandlash, unga tutash oldin montaj qilingan yacheykalarda – to‘g‘rilash, 
elementlarni payvandlash yo‘li bilan to‘liq biriktirilishi, montaj tugunlari va 
choklarni bekitish ishlarining bajarilishi nazarga olinishi kerak. Ustunni
pastki ustunga o‘rnatganda ular orasidagi tutashuv birinchi marta nuqtaviy 
payvand bilan omonat mahkamlanadi. Rigel va va ustunlar orasidagi tirgovich 
plitalar o‘rnatilgandan so‘ng, ustunni to‘liq perimetri bo‘ylab oxirgi (eng 
so‘ngi) payvandlashni bajarish mumkin. 
Agar bino planda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lib, qamrovlarga bo‘lish 
mumkin bo‘lmasa, montaj bilan birgalikda olib boriladigan ishlar faqat montaj 
ishlari bajarilmaydigan smenalarda amalga oshiriladi. Bu holatda binoning 4...5 
qavat konstruksiyalarini montaji ikki-uch smenada, yuqori qavatlarda − faqat 
bir-ikki (kechqurungi va tungi) smenalarda, birinchi smenada faqat 
umumqurilish va maxsus ishlar bajariladi. Binoning balandligi 15m dan baland 


137 
bo‘lganda ishchilarni va kichik yuklarni ko‘tarish uchun yuk passajir 
ko‘targichlaridan foydalaniladi.
Yig‘ma elementlarni olib kelish va joylashtirish sharoitlariga bog‘liq 
holda asosan ombordan montaj qilish qo‘llaniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri transport 
vositalaridan montaj qilish P, SH yoki N shakldagi zavodda tayyorlangan tekis 
ramalar qo‘llanilganda amalga oshiriladi.
Navbatdagi yarusdagi (qavatdagi) karkas montajini boshlashdan oldin 
quyidagilar lozim:
• 
pastki yarusdagi karkas konstruksiyalarni hammasi o‘rnatilgan bo‘lishi, 
barcha montaj qilingan elementlarining tugunlaridagi payvandlash va yaxlitlash 
amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
• 
asosiy reja o‘qlarini orayopma plitalarga yoki yangi yarus ustunlarini 
yuqori qismiga ko‘chirilishi, montaj gorizontini aniqlash va oldin montaj 
qilingan qavatni karkas elementlarni ijro sxemasini tuzish.
Birinchi qavat va keyingi yaruslarni ustunlari uchun yakka turdagi 
konduktor qo‘llanilganda va ustunlarning balandligi 12m dan baland bo‘lganda 
tortqi va tirgovichlarni ishlatilishi qo‘shimcha ravishda nazarga olinishi kerak. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling