Payvandlash transformatorining nominal rejimda ishlash prinspi reja
Download 152.58 Kb.
|
nurdinxan 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payvandlash transformatorlari
- 29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari
- Kuchlanish transformatorlari.
- Tok transformatorlari.
Payvandlash transformatorining nominal rejimda ishlash prinspi REJA: Payvandlash transformatorlari Tok va kuchlanish transformatorlari Bo‘lingan cho‘lg‘amli transformatorlar Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi. Payvandlash transformatorlari Payvandalash transformatorlari bir fazali pasaytiruvchi transformatorga o‘xshash bo‘lib, ikkilamchi cho‘lg‘aminnig kuchlanishi U2=6070Vni tashkil qiladi, bu kuchlanish payvandlash elektrodlari orasida elektr yoyining to‘liq yonishini taominlaydi. Payvandlash transformatori nominal yuklamagacha yuklanganda ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi 30V gacha kamayishi mumkin. Payvandlash transformatori uchun qisqa tutashuv rejimi normal rejim bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun bu transformatorning tashqi tavsifi keskin pasayuvchi xarakterga ega. Payvandlash transformatorining cho‘lg‘amlarining induktivligi katta bo‘lganligi sababli ularning quvvat koeffitsiyenti sos 0.4 yoki 0.5 ga teng bo‘ladi. 29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari Ishlab chiqarish korxonalarida cho‘lg‘amlarining induktivligi magnit o‘zakning ustki to‘sin bilan ustunlari orasidagi havo bo‘shlig‘ining kattaligiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari (29-rasm) keng qo‘llaniladi. Yakka tartibda payvandlash uchun quvvati 30 kVA gacha va avtomatik payvandlash uchun quvvati 100 kVA va undan katta bo‘lgan payvandlash transformatorlari qo‘llaniladi. Kuchlanish transformatorlari. Kuchlanish transformatori po‘lat o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat kichik quvvatli oddiy transformatordir. Uning o‘ramlar soni ko‘p bo‘lgan birlamchi chulg‘ami (qismalari A—X ga o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanish beriladi. O‘ramlar soni ozgina bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amiga ichki qarshiligi katta bo‘lgan o‘lchov priborlari (masalan, voltmetr yoki schyotchiklarning kuchlanish g‘altaklari) parallel ulanadi (27-rasm, a). 27-rasm. Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulanadigan o‘lchov priborlarining qarshiliklari katta (masalan, 100 Om va undan ortiq) bo‘lgani uchun bu zanjirda tok juda kichkina bo‘ladi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatorining salt ishlash sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Kuchlanish transformatorining birlamchi chulg‘amiga turli qiymatli katta kuchlanish berilganda uning ikkklamchi chulg‘amining kuchlanishi bo‘ladi. Demak, kuchlanish transformatori o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib berar ekan. Kuchlanish transformatorida tok qiymati juda kichkina bo‘lgani uchun uning chulg‘amlari qarshiligida kuchlanish pasayishini eʼtiborga olmasa ham bo‘ladi. Bunda: va bo‘ladi. Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Transformatsiya koeffitsiyenti transformatorning pasportida ko‘rsatiladi. Ikkilamchi chulg‘amiga 100 V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi (yuqori) kuchlanish quyidagicha aniqlanishi mumkin: Kuchlanish transformatori ishlaganda uning chulg‘amlaridan kichkina tok o‘tib turadi. Bu sharoitda va bo‘ladi. Bunday o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. O‘lchashdagi nisbiy xatolik quyidagicha aniqlanadi: 0,5; 1 va 3 aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolik, mos holda 0,5%; 1%; 3% dan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchlanish transformatorida burchak xatoligi ham bo‘ladi. Transformator chulg‘amlari qarshiligida kuchlanish pasayishi mavjud bo‘lgani uchun va vektorlar bir fazada bo‘lmaydi (27-rasm, b), ular orasida burchak bo‘ladi. Shu burchak, burchak xatolikni aniqlaydi. 0,5 va 1 aniqlik klassidagi transformatorlar uchun burchak xatolik 20. . 40 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kuchlanish transformatorlari ikkilamchi chulg‘amining nominal quvvati 20...100 VA gacha boradi. Kuchlanish transformatorining yuqori va past kuchlanish chulg‘amlari umumiy o‘zakda joylashadi. Chulg‘amlar izolyasiyasi buzilsa ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin, bu xodimlar uchun juda xavflidir. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va transformatorning magnit o‘tkazgichi yerga ulab qo‘yilishi kerak. Odatda, b kV gacha kuchlanishli transformatorlar quruq transformatorlar hisoblanadi, yaʼni ular havo bilan sovitiladi. Undan ortiq kuchlanishda moy bilan sovitiladigan kuchlanish transformatorlari qo‘llaniladi. Kuchlanish transformatorlari ham bir va uch fazali bo‘ladi. Uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. NOM-b, NOM-10, NTM-1O va hokazo markali kuchlanish transformatorlari ko‘p ishlatiladi. Kuchlanish transformatorlarining birlamchi chulg‘amining kuchlanishi 380 V dan 400 kV gacha bo‘lishi mumkin. Tok transformatorlari. Ular tok kuchini o‘lchashda katta toklarni kamaytirish yoki kichkina toklarni ko‘paytirib berish uchun ishlatiladi. Bu transformatorlar magnit o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat. Birlamchi chulg‘ami o‘lchanishi lozim bo‘lgan katta tok zanjiriga ketma-ket ulanadi. Uning o‘ramlari soni kichkina, ko‘pincha, bo‘ladi, qismalari va harfi bilan belgilanadi. Bu chulg‘am ko‘pincha to‘rtburchak qirqimli yo‘g‘on mis simdan o‘raladi. Tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi. +ismalari va harflari bilan belgilanadi (28-rasm, a). Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ichki qarshiligi kichkina (0,05 Om va undan kichik) bo‘lgan o‘lchov asboblari (masalan, ampermetr, voltmetr va schyotchiklarning tok g‘altaklari) ketma-ket ulanadi. Tok transformatorlarida birlamchi chulg‘am toki 0,1 A dan 10000 A gacha bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi chulg‘amning nominal toki sifatida 5 A tok qabul qilingan. 28-rasm Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulangan asboblarning qarshiliklari juda kichkina bo‘lgani uchun tok transformatorlari normal sharoitda qisqa tutashish sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga istalgancha ko‘p o‘lchov asboblari ulab bo‘lmaydi, bunda yuklama ko‘payib ketishi natijasida tok transformatorining aniqligi buziladi. Tok transformatorlarida yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Har bir tok transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi ko‘rsatiladi. Tok transformatorida ikkilamchi chulg‘amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt gacha bo‘ladi. Tok transformatori ishlaganda uning po‘lat o‘zagida juda kichkina magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu oqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina bo‘ladi. Yuklama ulangan tok transformatorining magnitlovchi kuchlar tenglamasi quyidagicha yoziladi: juda kichkina bo‘lgani uchun, u eʼtiborga olinmaydi. Unda va magnitlovchi kuchlar o‘zaro muvozanatlashadi, yaʼni: Bundan: Tok transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti: Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya koeffitsiyenti K ko‘rsatiladi. Unda birlamchi chulg‘am toki: Demak, ampermetr ko‘rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsiyentiga ko‘paytirib birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan katta tok qiymatini aniqlash mumkin ekan. Ko‘pincha elektr o‘lchov asboblari ulangan zanjir yuqori kuchlanishli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi chulg‘am izolyasiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi chulg‘am zanjiriga o‘tishi juda xavfli. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va po‘lat o‘zak yerga ulangan bo‘lishi kerak. Tok transformatori ishlab turganda ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolsa, birlamchi chulg‘amdagi katta tok magnitlovchi tok bo‘lib qoladi, oqibatda magnit oqimi ko‘payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina bo‘lgan ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi juda ko‘payib ketadi, bu esa xodimlar uchun juda xavflidir. Po‘lat o‘zakda quvvat isrofi ko‘payib ketishi natijasida transformator qizib ketadi va buziladi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolmasligi uchun bu maqsadda ko‘ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo‘lgan yo‘g‘on mis simlar ishlatilishi kerak. Agar birlamchi chulg‘amdan tok o‘tib turganda ikkilamchi chulg‘amga o‘lchov asboblari ulanmaydigan bo‘lsa, bu chulg‘am qisqa tutashtirib qo‘yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko‘payib ketsa, o‘lchashdagi xatolik ko‘payib ketadi. Tokni o‘lchashdagi xatoligi quyidagicha aniqlanadi: Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo‘lgan tok transformatorlari uchun birlamchi tok nominal qiymatga ega bo‘lganda, o‘lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1; 3 va 10% dan ortmasligi kerak. Bundan tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi ham bo‘ladi. Burchak xatoligi va magnitlovchi kuchlari vektorlari orasidagi burchak bilan minutlarda aniqlanadi (28-rasm, b). Burchak xatoligi 0,2; 0,5 va 1 klass tok transformatorlari uchun, mos holda, 10, 40 va 80 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Magnitlovchi tok ortsa, transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi. Download 152.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling