Payvandlash transformatorining nominal rejimda ishlash prinspi reja
Payvandlash transformatori haqida umumiy maʼlumotlar
Download 152.58 Kb.
|
nurdinxan 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi.
Payvandlash transformatori haqida umumiy maʼlumotlar.
Payvandlash transformatorlari payvandlashning turiga qarab turli konstruksiyada tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida payvandlash qurilmalarida ishlatiladi. Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki cho‘lg‘amli transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi cho‘lg‘amning qisqa tutashish sharoitida ishlashi meʼyordagi sharoit hisoblanadi. +isqa tutashish tokining qiymatini kamaytirish maqsadida cho‘lg‘amlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash transformatorlarining quvvat koeffitsiyenti kichkina bo‘ladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun bunday transformatorlarda maxsus konstruksiyadagi cho‘lg‘am yoki ikkilamchi cho‘lg‘am zanjiriga qo‘shimcha induktiv qarshilik ulanadi. Cho‘lg‘amning induktiv qarshiligini kattalashtirish uchun sochilma oqim qiymatini kattalashtirish lozim. Buning uchun cho‘lg‘am o‘zakning ikkita yoki bigga sterjenida turli balandlikda o‘rnatiladi. Magnit o‘tkazgichda magnit shuntlarni qo‘llash ham sochilma oqimni va cho‘lg‘amning induktiv qarshiligini ancha oshiradi. Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlatilishi. Payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi 60 ... 70 V va nominal yuklama bilan ishlaganda 30 V bo‘ladi. Elektr yoyning uzluksiz va turg‘un yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli o‘zgarmasligi, induktivlik esa ancha o‘zgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash uchun transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga magnit o‘tkazgichli induktiv g‘altak ketma-ket ulanadi. Payvandlash toki induktiv g‘altakning reaktiv qarshiligini o‘zgartirib rostlanadi. Tok qiymati elektrod diametriga qarab tanlanadi. Induktiv g‘altakning o‘zagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat. /altakning reaktiv qarshiligi uning qo‘zgalmas va qo‘zgaluvchan o‘zaklari orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Havo oralig‘i katta bo‘lsa, g‘altakning reaktiv qarshiligi kamayadi, zanjirda tok qiymati oshadi va aksincha. H avo oraligini o‘zgartirib zanjirda paynandlash tokini 70 A dan 300 A gacha o‘zgartirish mumkin. Payvandlash vaqtida ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishi 30 V gacha kamayishi mumkin. 29-rasm. a — magnit shuntli payvandlash transformatori, b — reaktiv g‘altakli payvandlash transformatori, v — payvandlash transformatorining tashqi harakteristikasi. Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatini taʼminlashi mumkin, lekin har bir apparat o‘zining alohida reaktiv g‘altagiga ega bo‘lishi kerak. Reaktiv g‘altak payvandlash qurilmasining tashqi harakteristikasini keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (29-rasm, v). Amalda induktiv g‘altak transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham mumkin. Turli soxalarda STE-22, STE-34, STN-500 va boshqa markali payvandlash transformatorlari keng ishlatiladi. STE-34 markali payvandlash transformatorining texnik taʼrifi quyidagicha: Rnq30 kVA; U1/U2q220/60 V; I1/I2q147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; o‘zak markasi E41 q 0,5; FIK 93%; tok zichligi 3,2 A/mm2. Induktiv g‘altakniki: kuchlanishi 50 V, po‘lat markasi 341—0,5; tok zichligi 3,48 A/mm2.' Foydalanilgan adabiyotlar: Mark Katsman “Elektr mashinalari va transformatorlar” A.M. Aminov, A.M. Murtazayev “Burg’ilash mashinalari va uskunalari” R.A. Bagramov. Burovie mashini I mexanizmi. Moskva, 1989y www.ziyouz.com Download 152.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling