N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Download 359.27 Kb.
bet3/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

BIRINCHI BO‘LIM 
BINO VA INSHOOTLARNI BARPO ETISHNING
QURILISH TEXNOLOGIYALARI 

Darslikning birinchi bo‘limi qurilishda texnologik loyihalash va


tayyorlov ishlarini amalga oshirish masalalariga qaratilgan. Qurilish
majmuasiga, alohida binoga, alohida qurilish ishiga mo‘ljallangan qurilishni
tashkil etish loyihasi va ishlarni bajarish loyihasi hamda texnologik xarita,
mehnat jarayonlari xaritasini o‘ziga xos tomonlari keltirilgan.
Jarayon va ishlarni bog‘liqligi, ularni birgalikda olib borilishi va ketma-
ketligi nuqtai nazaridan ko‘rilgan. Ishlarni ketma-ket, parallel va oqim(potok)
usulida bajarilishining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.
Ob’yekt qurilish bosh reja(plan)larining vazifasi, tarkibi va loyihalash
qoidalari qurilishning bosh rejasini loyihalash bilan bog‘liqlikda ko‘rsatilgan.
Vaqtinchalik yo‘llarni qurish va ularni konstruksiyasiga, omborlarni qurilishiga,
qurilish material resurslarini ochiq va yopiq omborlarda joylashtirishga kerakli
e’tibor ajratilgan.
Qurilish tayyorlov davrida − geodezik rejalash asoslarini yaratish,
qurilishni boshlashdan oldin maydonni tozalash va tekislash masalalari, yer usti
va grunt suvlarini chetlashtirish, qurilish maydonini asosiy davrida jihozlash va
tayyorlashning o‘ziga xosligi tahlil etilgan. Juda muhim muammolardan biri
qurilishni ekologik xavfsizligini ta’minlashdir.



6

I BOB. QURILISH JARAYONLARINI TEXNOLOGIK LOYIHALASH 


1.1. Umumiy qoidalar 

Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni,


umuman bino va inshootlarni barpo etishda texnologik yechimlarini va yetarli
tashkiliy sharoitlarini aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi,
qurilayotgan ob’yektning sifatini ta’minlagan holda mo‘ljallangan muddatda
bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish texnologiyasini va tashkil etishini
tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, bino karkasini
barpo etishda va barcha pardoz ishlari siklini bajarganda industrlashtirish
usullarini qo‘llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilg‘or elektr, qo‘l
asboblaridan foydalanish hisobiga to‘g‘ri yechimga erishish mumkin.
Har bir bino va inshootni barpo etish, amaldagi normativlar asosida
oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qurilishni tashkil etish va ishlarni
bajarish loyihasi asosida bajarilishi kerak. Texnologik loyihalash, ob’yekt
qurilishi uchun ishlab chiqiladigan loyiha hujjatlarining bir qismidir.
Jarayonlarni texnologik loyihalashni bajarilishi loyiha yaratilishining hamma
bosqichlarida nazarga olingan bo‘lishi kerak: texnik –iqtisodiy asoslash (loyiha
bosqichida), ishchi hujjatlar va ishlarni bajarish.
Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL);
• ishlarni bajarish loyihasi (IBL);
• murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar;
• mehnat jarayonlarining xaritalari;
• operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari.

Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling