N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
-rasm. “Grunt ichidagi devor” qurilishining texnologik sxemasi
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
6.1.-rasm. “Grunt ichidagi devor” qurilishining texnologik sxemasi:
1 - forshaxtaning tuzilishi (transheya ustining mahkamlanishi); 2 - transheyani qamrov uzunligi bo‘ylab kavlash; 3 – cheklagichlarni o‘rnatish (qamrovlar orasidagi to‘siq); 4 – armatura karkaslarini montaj qilish; 5 – qamrovda vertikal siljuvchi quvur usuli bilan betonlash. Betonlashni beton qorishmasini uzluksiz yotqizish va u bilan butun qamrovni bir maromda pastdan yuqorisigacha to‘ldirish vertikal siljuvchi quvur usuli bilan amalga oshiriladi. Betonquyuvchi quvurlar – diametri 250...300 mm, devorlarining qalinligi 8...10 mm, bo‘yni - quvur hajmiga mos, olinuvchi klapan bo‘yindan pastda, pijlar qalin matodan qilingan. Qamrov o‘lchamining cheklagichlari: • transheyaning chuqurligi 15 m gacha bo‘lganda diametri transheya enidan 30...50 mm kichik bo‘lgan quvurlar qo‘llaniladi; ularni qamrovda betonlash tugallangandan so‘ng 3 ... 5 soatdan keyin olinadi va hosil bo‘lgan bo‘shliq darhol beton qorishma bilan to‘ldiriladi; • transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo‘lganda cheklagich po‘lat list ko‘rinishida o‘rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur bo‘lganda listga shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi. Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m.dan ortiq bo‘lganda betonlash odatda ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. Betonning plastikligini oshirish uchun va uni yotqizish qulay bo‘lishi uchun 61
plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar qo‘llaniladi. Betonlashda tanaffuslar – yozda – 1,5 soatgacha, qishda – 30 minutgacha. Loy zarralari bilan ifloslangan beton qorishmasining yuqori qismini keyinchalik olib tashlash uchun beton qorishmasi konstruksiya balandligidan 10...15 sm ortiq qilib yotkiziladi. Vibrozichlashtirishdan foydalanilganda vibratorlarni beton quyuvchi quvurning pastki uchiga mahkamlanadi. Uzunligi 20 m gacha bo‘lgan quvurlarda bitta vibrator, 50 m gacha bo‘lgan quvurlarda – ikkita vibrator qo‘llaniladi. Quvurlarni qamrovlar chegarasida albatta tortib olinadi. Erta olib qo‘yish hosil bo‘lgan sferik qobiq qirralarining buzilishiga olib keladi, bu maqsadga muvofiq emas, keyinchalik esa quvurning beton va yer o‘rtasida qisilib qolishiga olib keladi va bunda uni ajratib olish uchun katta kuch kerak bo‘lib qoladi. Shuning uchun ko‘pincha quvurlar o‘rniga listli temirdan, shveller yoki qo‘shtavrdan inshootning armaturali karkaslariga albatta payvandlab qo‘yiladigan olinmaydigan kashak (ulagich) qo‘yiladi. Ba’zida transheya chetlarining buzilishidan va to‘kilishidan muhofaza qilish uchun yig‘ma elementlardan yoki forshaxta metallidan – gruntning yuqori qatlamarini kuchaytirish uchun 1 m.gacha chuqurlikdagi transheyalarning bosh qismlari yoki bu transheya 1 m.gacha chuqurlikkacha devorning yuqori qismlari mustahkamlab quriladi. “Grunt ichidagi devor” texnologiyasining kamchiliklari: armaturani beton bilan ishlashi yomonlashadi, chunki armatura sirtiga loy qorishmasi zarralari yopishib qoladi; qish paytida ishlarni bajarishda ko‘p murakkabliklar vujudga keladi, shuning uchun sharoit imkon berganda yig‘ma va yig‘ma – monolit variantlardan foydalaniladi. Yig‘ma temirbetonning qo‘llanilishi quyidagilarga imkon beradi: • ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko‘tarishga; 62
• oqilona shakldagi: g‘ovakli, tavrli va ikki tavrli konstruksiyalarni qo‘llanishga; • barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo‘lishga. Yig‘ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyorlash uchun har gal individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab etiladi; maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; quvvatli montaj kranlarining kerakliligi; yig‘ma temirbetonning qiymati monolitnikidan ancha yuqoriligi. Yig‘ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni quruq holda olib borish usulida sement qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Ho‘l usulda ishlashda esa, transheyaning tashqi qo‘yini sement, qum qorishmasi bilan, ichki qo‘yini esa – qum – graviy qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Tashqi to‘ldirish keyinchalik gidroizolyatsiya sifatida xizmat qiladi. Yig‘ma – monolit yechimning ikki varianti qo‘llaniladi: inshootning pastki qismi ma’lum darajagacha monolit betondan iborat, yuqorida yotuvchi konstruksiyalar – yig‘ma elementlardan iborat; yig‘ma elementlar koshin-qolip ko‘rinishida qo‘llanilib, u transheyaning ichki sirtiga o‘rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan to‘ldiriladi. Tunnellar va rejadagi berk inshootlarni qurishda tashqi devorlar qurilgandan so‘ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va ag‘darib haydalgan yerga(ag‘darma) to‘kiladi, tubi betonlanadi yoki inshootning ichki konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling