77
Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma
– ket o‘rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto
ularning montaj uzellari
to‘liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini ta’minlab
bo‘lmaydi. Barpo etilayotgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila
fermalari o‘rnatilganda fermalarga plitalarini o‘rnatish uchun montaj
kranidan foydalanish qiyin bo‘ladi yoki imkoni bo‘lmaydi.
Kompleks usulda barcha konstruksiyalarni o‘rnatish bir oqimda olib
boriladi, natijada binoning to‘liq montaj
qilingan yacheykalari paydo
bo‘ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy
muddatlari qisqaradi.
Montaj qilishning kompleks usuli konstruksiyalarni binoning har bir
yacheykasida kompleks o‘rnatishdan iborat va karkasining konstruksiyalari
metalldan bo‘lgan binolar uchun xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval
to‘rtta ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat ta’minlanadi va
ular orasida zarur bo‘ylama bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Keyin ikkita kranosti
to‘sini o‘rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi.
Yacheykani montaj
qilish stropila fermalarini progonlar va bog‘lanishlar bilan o‘rnatish, yopma
elementlarni qo‘yish orqali tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni
o‘rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan elementlar soni
o‘zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruksiyalarning
massalaridagi farq katta bo‘lganda qo‘llanish maqsadga muvofiq emas.
O‘z ichiga avvalgi ikki usulning
afzalliklarini qamrab olgan aralash
usulda elementlarni o‘rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo‘l
qo‘yiladi.
Yig‘ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo‘lgan bu
usul poydevorlar stakanlarini, ustunlarini, kranosti to‘sinlarini,
devor
panellarini, pardadevorlarini, deraza panjarasini
alohida o‘rnatishga va
stropilaosti,
stropila konstruksiyalarini, ustyopma panellarini va ba’zida
78
kranosti to‘sinlarini
kompleks usulda, yagona oqimda montaj qilishga
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: