N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


 Boshqa konstruktiv sxemali binolar montaji


Download 359.27 Kb.
bet77/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

11.6. Boshqa konstruktiv sxemali binolar montaji 

Ko‘p qavatli sanoat binolari karkaslarini montajini karkasda P, N yoki


SH shaklidagi ramalarini qo‘llash bilan osonlashtirish mumkin. U fazoviy
elementlar bo‘lib, 2…3 ustuni, ular orasida rigel va rigelni konsollari bor.
Karkas elementlarini bu tariqa yechimga egaligi tutashuv joylarini va montaj
elementlari sonini kamaytiradi. Yig‘ma fazoviy konstruksiyalar bir yoki ikki
qavatga tayyorlanadi, ularni tutashuv joylari qavatning 1/3 balandligi sathida,
bir-biriga qulay birlashtiriladigan zonada joylashtiriladi. Ko‘rsatilgan
konstruksiyalarni qo‘llanilganda bino karkasini montaj qilish qavatma-qavat



146


bajarilib, quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: temir-beton karkasni rama
elementlari, pardadevor panellari, ventilyatsiya bloklari, tirgovich elementlari,
orayopma plitalari, va to‘suvchi konstruksiyalar montaj qilinadi.

Balkasiz orayopmali binolarni montaj qilishda boshqa karkasli binolar


montaji texnologiyasi kabi texnologiya qo‘llaniladi. Ammo karkasni ba’zi
konstruktiv xususiyatlari bo‘lgani uchun ishlarni olib borishda ma’lum ketma-
ketlikka rioya qilishni talab qiladi. Balkasiz karkasda ustunlar tagiga yaxlit
betondan, ustun qadamlari 6 x 6 m stakan tipidagi poydevorlarqabul qilingan.
Karkasning asosiy elementlari – kvadrat kesimga ega bir yoki ikki qavatga
mo‘ljallangan ustunlar, ustunni yuqorisiga o‘rnatiladigan o‘rtasida teshigi bor
kapitel, ikki yo‘nalish bo‘yicha kapitel ustiga o‘rnatiladigan ustun usti plitalari
va oraliq plitalari. Karkas baquvvat kapitellar hisobiga katta bikirlikka egaligi
bilan ajralib turadi. O‘z vaqtida yaxlit qilib betonlanganda bunday karkaslarni
tashqi devorni g‘isht terish ishlaridan, ichki devorni terishdan va zina xonasidan
tashqari yarus bo‘yicha yoki binoni butun balandligi bo‘yicha seksiyalab alohida
montaj qilish mumkin bo‘ladi. Yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish
texnologik ketma-ketligi o‘z ichiga dastavval binoni (yoki uning alohida
blokini) montaj zonalariga bo‘lish, va shu chegarada bir nomli elementlarni
birin ketin montaj qilishni o‘z ichiga oladi: ustunlar o‘rnatish, kapitellar, ustun
tepasidagi plitalar va oraliq plitalari o‘rnatish (11.5 -rasm). Karkas
konstruksiyalari qavatlab montaj qilinib, bino qamrovlarga bo‘linadi, ularning
o‘lchamlari binoning harorat blokiga teng bo‘ladi. Balkasiz orayopmali
binolarni karkasini montaji quyidagi ketma-ketlikda oshiriladi:

• ustunlar o‘rnatiladi va to‘g‘rilanadi;


• ustunlarni ustki qismiga kapitellar kiygiziladi;
• kapitelning chetlariga to‘rttala tomondan bir-biriga perpendikulyar
ravishda plita-to‘sinlar o‘rnatiladi;



147


• plita-to‘sinni yon qirralariga tayanidigan o‘rtadagi kvadrat plitalar
montaj qilinadi va ular burchaklarida qo‘yma detallari yoki chiqarilgan
armaturalari bilan mustahkam qilib payvandlanadi.
Birinchi qavat ustunlari stakanli poydevorlarga ponasimon tiqinlar
yordamida o‘rnatiladi. Kesim yuzasi 400 x 400 va 500 x 500 mm bo‘lgan
ustunlar uchun to‘rtta ponasimon tiqin, bundan katta ko‘ndalang kesimli
ustunlarda oltita ponasimon tiqin ishlatiladi. Ustun bilan poydevor tutashuv joyi
mayda shag‘al yoki shcheben qo‘shib tayyorlangan markasi 300 ga teng beton
quyilib, ichki vibratorlar bilan zichlanadi.


Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling