N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. QURILISH JARAYONLARINI TEXNOLOGIK LOYIHALASH
BIRINCHI BO‘LIM
BINO VA INSHOOTLARNI BARPO ETISHNING QURILISH TEXNOLOGIYALARI Darslikning birinchi bo‘limi qurilishda texnologik loyihalash va tayyorlov ishlarini amalga oshirish masalalariga qaratilgan. Qurilish majmuasiga, alohida binoga, alohida qurilish ishiga mo‘ljallangan qurilishni tashkil etish loyihasi va ishlarni bajarish loyihasi hamda texnologik xarita, mehnat jarayonlari xaritasini o‘ziga xos tomonlari keltirilgan. Jarayon va ishlarni bog‘liqligi, ularni birgalikda olib borilishi va ketma- ketligi nuqtai nazaridan ko‘rilgan. Ishlarni ketma-ket, parallel va oqim(potok) usulida bajarilishining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Ob’yekt qurilish bosh reja(plan)larining vazifasi, tarkibi va loyihalash qoidalari qurilishning bosh rejasini loyihalash bilan bog‘liqlikda ko‘rsatilgan. Vaqtinchalik yo‘llarni qurish va ularni konstruksiyasiga, omborlarni qurilishiga, qurilish material resurslarini ochiq va yopiq omborlarda joylashtirishga kerakli e’tibor ajratilgan. Qurilish tayyorlov davrida − geodezik rejalash asoslarini yaratish, qurilishni boshlashdan oldin maydonni tozalash va tekislash masalalari, yer usti va grunt suvlarini chetlashtirish, qurilish maydonini asosiy davrida jihozlash va tayyorlashning o‘ziga xosligi tahlil etilgan. Juda muhim muammolardan biri qurilishni ekologik xavfsizligini ta’minlashdir. 6
1.1. Umumiy qoidalar Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni, umuman bino va inshootlarni barpo etishda texnologik yechimlarini va yetarli tashkiliy sharoitlarini aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi, qurilayotgan ob’yektning sifatini ta’minlagan holda mo‘ljallangan muddatda bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish texnologiyasini va tashkil etishini tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, bino karkasini barpo etishda va barcha pardoz ishlari siklini bajarganda industrlashtirish usullarini qo‘llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilg‘or elektr, qo‘l asboblaridan foydalanish hisobiga to‘g‘ri yechimga erishish mumkin. Har bir bino va inshootni barpo etish, amaldagi normativlar asosida oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish loyihasi asosida bajarilishi kerak. Texnologik loyihalash, ob’yekt qurilishi uchun ishlab chiqiladigan loyiha hujjatlarining bir qismidir. Jarayonlarni texnologik loyihalashni bajarilishi loyiha yaratilishining hamma bosqichlarida nazarga olingan bo‘lishi kerak: texnik –iqtisodiy asoslash (loyiha bosqichida), ishchi hujjatlar va ishlarni bajarish. Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL); • ishlarni bajarish loyihasi (IBL); • murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar; • mehnat jarayonlarining xaritalari; • operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling