N. Chinniqulov
I BOB. "Devonu lug‘atit-turk” asari haqida
Download 79.24 Kb.
|
Документ Microsoft Word (5)
I BOB. "Devonu lug‘atit-turk” asari haqida.
1.1. “Devonu lug‘atit-turk” – adabiy manba Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068 yili yozib tugatgan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Avval yurtma-yurt kezib material to‘pladi.YUqori CHindan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalarning turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab o‘rgandi. Mahmud Koshg‘ariy bu asarini o‘rganish bilan ilk bor turkiyshunoslikka asos soldi. «Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asardan faqat tilga yoki adabiyotga oid materiallar va dalillarnigina emas, balki Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabilaning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham etarli ma’lumotlar beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida o‘rni-o‘rni bilan aytilgan ma’lumotlar bunga dalildir.1 «Devonu lug‘atit-turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy parchalar X1 asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda, xususan, lirik va epik janrning rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar turli mavzuda – mehnat, yorning ta’rif-tavsifi, turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va h. SHe’riy parchalarni Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar majlum bir ijodkor qalamiga mansub ekanligini Koshg‘ariyning ishorasidan bilish mumkin. Koshg‘ariy ko‘p o‘rinlarda «shoir aytadi» iborasini ishlatadi va bir to‘rtlik keltiradi. Ular xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham Koshg‘ariy ularning ismini aytib o‘tirmagan. Ba’zi shoirlarning (masalan, CHo‘chu) aytib o‘tadi. O.Pritsakning aytishicha, o‘z Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U siyosiy ta’qiblardan qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u erdan-bu erga ko‘chib yurgan. Ana shu davrda u turkiylar haqida ko‘p material to‘plagan.Oxiri Bag‘dodda to‘xtagan. Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi. Saljuqiylar ham turkiyzabon bo‘lgani uchun, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi to‘plagan materiallar saljuqiylarda qiziqish uyg‘otishini bilib, «Devonu lug‘atit-turk» asarini yozgan. Download 79.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling