N. Chinniqulov
Devonu lug‘atit-turk”da afsona va marsiya
Download 79.24 Kb.
|
Документ Microsoft Word (5)
2.2. Devonu lug‘atit-turk”da afsona va marsiya.
Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak). “Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili. Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq. Xitoylarda rivoyat qilinishicha, Budda er yuzini tark etishdan oldin huzuriga hamma hayvonlarni chaqiribdi. U bilan xayrlashgani o‘n ikki hayvon kelibdi, xolos. Kelgan hayvonlarni mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda navbat bilan kelganingiz bo‘yicha yillarga nom beraman, debdi. Hayvonlar birinchi bo‘lib kim kelgani to‘g‘risida bahslasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‘xtamga kelish uchun musobaqa uyushtirishga qaror qilibdilar: daryoning narigi qirg‘og‘iga birinchi bo‘lib o‘tgan hayvonning nomi bilan birinchi yil ataladigan bo‘libdi. Keyingi yillar daryoni birin-ketin kechib o‘tgan hayvonlar nomi bilan ataladigan bo‘libdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot qirg‘oqqa tizilishibdi va baravar suvga o‘zlarini tashlabdilar. Kalamush darrov ho‘kizning ustiga minib olibdi, ho‘kiz esa hech narsani sezmabdi. Ho‘kiz boshqa hamma hayvonlardan oldinga ketib, daryoning narigi qirg‘og‘iga chiqishga tayyorlanibdi. SHu lahzada kalamush uning ustidan sakrabdi-da, qirg‘oqqa bir necha soniyaga ho‘kizdan oldin chiqibdi. SHunday qilib, kalamush birinchi bo‘lib chiqqan hisoblanibdi. Qolgan hayvonlar shu tartibda suzib o‘tibdilar: yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, maymun, xo‘roz, it. To‘ng‘iz nihoyatda sustkash va dangasa ekan, shuning uchun eng oxirida qirg‘oqqa etib kelibdi. Ikkala afsonadagi yil hisobining nomlari va tartibida katta farq yo‘q. Ehtimol, Xitoyga buddaviylik kelgandan keyin, qadimgi turklar afsonasini o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin. SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (YOz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.6 XULOSA "Devoni lug’atit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy ahamiyatga ega, ayni paytda u turkiy xalqlar va umuman turkiy olamning ijtimoiy-ma'naviy hayotiga kuchli ta'sir ko’rsatdi. Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg’ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008 yilning boshida Qoshg’ar shahri yaqinidagi Opal qishlog’ida tug’ilgan. 1105 yilda 97 yoshida olamdan o’tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag’anasi, deya nom olgan bo’lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi. Mahmud Qoshg’ariy butun Sharqqa mashhur bo’lgan Songra madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi. So’ngra o’qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o’zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo’ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi. "Devoni lug’atit turk" asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg’ariy turkiy qabilalar yashaydigan ko’plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko’lamli tarixiy materiallarni to’pladi. Buyuk olim o’z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so’zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko’l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she'r, 262 ta maqol va matal o’rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo’llagan 875 ta so’z, 60 ta maqol va matal biron-bir o’zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan. Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so’zlar etimologiyasi keltirilgan birinchi qiyosiy lug’atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug’at deb hisoblash noto’g’ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og’zaki ijodi namunalariga xos ko’plab noyob ma'lumotlarni kuzatamiz. Kirish so’zida Mahmud Qoshg’ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko’rdim. Falak bu xalqlarni «turkiy» deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo’ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo’lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o’z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo’llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saklanish uchun har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo’llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so’zlamoq kerak". Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati to’g’risida aytilgan edi. Chindan ham "Devoni lug’atit turk" qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog’onaga ko’tardi. Mahmud Qoshg’ariy qonun va tartibga rioya qilishga da'vat etish bilan birga hayotni bebaho ne'mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulug’ladi. Bir so’z bilan aytganda "Devoni lug’atit turk" butun ma'naviy badiiy xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi to’g’risidagi dostonga aylandi. Asar bosh g’oyasi bitta falsafiy fikrga yo’naltirilgan. Olim yurtni ulug’lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta'kidlaydi. 700 sahifadan iborat "Devoni lug’atit turk" asari jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga qo’shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo’lyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo’lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi. Mahmud Qoshg’ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab tilinikidan kam emas. Til va adabiyotning qadimiy obidasi - "Devoni lug’atit turk" yaratilganidan buyon o’n asrdan oshiq vaqt o’tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o’rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg’ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir. Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uygur, qozoq, ozarbayjon, turkman, o’zbek va rus tillariga o’girilgan. Materiallarining ko’p qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug’atida foydalanilgan. O’tgan asrda chop etilgan "Qadimiy turkiy lug’at" asari katta shuhrat qozongan bo’lib, unga "Devoni lug’atit turk" asari asos bo’lib xizmat qilgan. O’zbekistonda Mahmud Qoshg’ariyning ijodiy merosi mufassal o’rganib kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari "Devoni lug’atit turk" asariga tayangan holda quyidagi qimmatli ma'lumotlarni to’plashdi: lug’at boyligi, ma'lum turdagi leksika; turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma'lumotlar; turkiy tillarning guruhlashtirilishi; tarixiy fonetika va grammatika haqida ma'lumotlar; turkiy she'riyat, folklor haqida ma'lumotlar; qiyosiy tilshunoslik haqida ma'lumotlar; turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to’g’risida ma'lumotlar va hokazo. Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S.Mutallibov rahbarligida bu asarni o’zbek tiliga o’girib, to’rt tomda nashr qildirishdi. (Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy maqolalar va risolalar chop etilgan. O’zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo’lyozmalar fondida Mahmud Qoshg’ariy ijodiga mansub qo’lyozmalar saqlanmoqda. Mahmud Koshg’ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an'analari rivojlangan Germaniya va Frantsiyada, Turkiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg’ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo’lib, oradan ming yil o’tsa-da, hamon biz bilan yonma-yon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo’yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg’ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas. Download 79.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling