N. Depozitlar Depozit Mavzu: Depozit operatsiyalari auditi


Shaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga nazoratchi tomonidan alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo`l qo`yilmaydi


Download 11.95 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi11.95 Kb.
#1253241
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Depozit operatsiyalari auditi Bajardi mm-90 guruh talaba-fayllar.org

Shaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga nazoratchi tomonidan alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Muddatli va jamg`arma omonatlar muddati tugaganidan so`ng, ushbu omonat shartnomasining muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochilmaydi va omonat hisobi oldingi hisobvaraqda davom еttiriladi.

JISMONIY SHAXSLARNING OMONATLARI

BO`YICHA OPERATSIYaLARNI AMALGA OSHIRIShDA

YURITILADIGAN HUJJATLAR
Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi:


  • Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi

  • Kirim orderi
    5) Chiqim orderi
    8) "Kun davomida ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarning hisobini yuritish jadvali"
    9) "Yo`qolgan omonat daftarchalari bo`yicha arizalarni ro`yxatga olish daftari"
    10) Operatsion kundalik
    11) Operatsion kundalikka ilova
    12) Ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobdan chiqarish orderi
    13) "Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning harakatini hisobga olish daftari"
    15) Omonat daftarchasi


Shaxsiy hisobvaraqlar omonat va unga hisoblangan foizlar to`liq to`langandan keyin yopiladi. Yopilgan shaxsiy hisobvaraqlar raqamlari qayta tiklanmaydi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlarni raqamlashda foydalanilmaydi.

Omonatchining shaxsiy hisobvaraq raqami uning omonat daftarchasida, shaxsiy hisobvaraq varaqchasida, Kirim orderida va Chiqim orderida ko`rsatilishi shart.

Shaxsiy hisobvaraq omonatchilarga bir martalik operatsiya, shu jumladan xalqaro pul o`tkazmalari bo`yicha kelib tushgan mablag`lar uchun omonat daftarchasi bermagan holda ochilishi mumkin. Bunda bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada "omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda" deb ko`rsatilishi lozim.

Pul mablag`lari qonun hujjatlariga muvofiq naqd pulsiz shaklda omonatchining shaxsiy hisobvarag`iga kelib tushgan hollarda, pul mablag`lari arizada ko`rsatilgan hisobvaraqqa omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda o`tkaziladi yoki naqd pulda to`lab beriladi.


Download 11.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling