Operatsion kundalik va Operatsion kundalikka ilovaning barcha ustunlari bo`yicha summalarni orderlardagi yakuniy yig`indi summalar bilan solishtiradi;
hujjatli banderollarda ko`rsatilgan jami pul summasini Operatsion kundalikning tegishli yakuniy summalari bilan solishtiradi;
har bir banderoldagi orderlar hamda kassa hujjatlari summasi va sonini qayta hisoblaydi, olingan natijalarni banderoldagi yozuvlar bilan solishtiradi;
Operatsion kundalik, Operatsion kundalikka ilova va banderoldagi imzolarni omonat bo`linmasidagi imzo va muhr namunalari bilan solishtiradi;
har bir operatsiya bo`yicha hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan blankalarda rasmiylashtirilganligi, orderlar va hujjatlarda barcha rekvizitlar to`g`ri yozilganligi, order va hujjatlarda belgilangan imzolar borligi, Chiqim orderlari va hujjatlarda еsa bundan tashqari pul yoki qimmatliklarni olganligini tasdiqlab omonatchilar imzolari qo`yilganligi va imzolar so`nggi nazoratchiga berilgan namunalarga mosligi, summalarni ko`rsatishda tuzatishlar yo`qligi, summalarning raqamlar va yozuvlarda ko`rsatilishida o`zaro mosligini tekshiradi;
hujjatlar bo`yicha qat’iy hisobda turuvchi blankalar nomi, raqami va seriyasiga ko`ra to`g`ri hisobdan chiqarilganligini tekshiradi.
So`nggi nazoratchi omonat kassalarining kunlik hujjatlarni tikib, rasmiylashtirganidan so`ng kunlik hujjatlar yig`majildlarini maxsus daftarga imzo qo`ydirgan holda bankning yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodimga topshiradi. Yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodim bankning omonatlar bo`yicha yig`majildlarini bank еlektron axborotlar bazasi asosida qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tekshirib chiqishi va yig`majildlarning titul varaqasiga o`z imzosini qo`yishi lozim. Ish kuni tugaganidan keyin kartotekalar saqlanayotgan metall qutilar va xona qulflanadi va metall muhrlar bilan muhrlanadi. Muhrlash uchun surg`uch yoki plastilin qo`llaniladi. Xona va kartoteka kalitlari hamda muhr omonat bo`linmasi boshlig`ida saqlanadi. Xona va kartotekalar ochilishidan oldin muhrlar buzilmaganligi tekshirilishi zarur.
So`nggi nazoratchida kassir va nazoratchilarning imzosi hamda omonat kassa muhri namunalari bo`lishi kerak.
Imzolar namunalari har yili 1 yanvar holatiga ko`ra hamda mas’ul xodimlar o`zgarganda yangilanib turilishi shart.
E`tiboringiz uchun raxmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |