N. I. Lobachevskiy ishlari qachon tan olindi?


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1253634
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 в одном

Leonard Eyler 
(1707-1783) 
Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. 
Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta 
Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta maktablarda o‘tiladigan 
trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler 
ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi.Leonard Eyler - matematika rivojiga eng 
salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar 
analizi usullarini eng birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch 
jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini 
qo‘yib bergan edi. o‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: "Analizga kirish", 
"Differensial hisob", hamda, "Integral hisoblash". Eylerning ushbu asarlari hozirda 
insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar 
tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib 
chiqdi.Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida 
dunyoga keldi. Uning otasi Pavel Eyler pastor bo‘lgan va matematikadan ham uncha-
muncha xabari bor, ziyoli kishi bo‘lgan. o‘zi cherkov xizmatidagi odam bo‘lgach, ota 
Eyler o‘g‘lini ham diniy sohada ta'lim olishini istagan. Shu sababli ham, Leonard Eylerni 
13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga 
joylashgan.1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Daraja 
himoyasida Eyler sof lotin tilida Nyuton va 
Dekart
falsafasi haqida nutq so‘zlagan. 
Shundan so‘ng, uning otasi o‘g‘lini endi sharq tillarini hamda, Injilni mukammalroq 
o‘rganishini istagan va shu yo‘nalishni chuqurroq o‘rgata oladigan ustozlar qo‘liga 
topshirgan. Lekin Eylerning ixlosi baribir matematikaga tushgan edi va endi u, 
Bernullining uyiga borib dars oladigan bo‘ldi. U olimning o‘zi tengqur o‘g‘illari Nikolay 
va Daniil bilan yaqin do‘st bo‘lib, aka-ukadek bo‘lib ketgan.o‘sha yillarda Chor 
Rossiyasida imperatritsa Yekaterina I tomonidan Peterburg Fanlar Akademiyasi tashkil 
qilinayotgan edi va ruslar Yevropa bo‘ylab yosh, istiqbolli izlanuvchilarni izlab 
yurishgandi. Yekaterina I Fanlar Akademiyasiga Bernullini ham taklif etadi. Bernulli 
Peterburgga yetib borgach, u yerdagi rahbarlarga yosh va kelajagi porloq shogirdi - 
Eylerni ham olib kelish kerakligini taklif qildi. Bir yil o‘tib-o‘tmay, Bernulli Bazelga xat 
yo‘llab, Eylerni Peterburg Fanlar Akademiyasining fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 
mutaxassis sifatida qabul qilishga tayyorligini bildiradi. Eyler esa bu borada aytarli 
bilimga ega emasdi. Lekin, u ustozi bilan yaqin bo‘lishni va matematikani yanada 
chuqurroq o‘rganishni istardi. Shu sababli, u zudlik bilan, Bazel universiteti tibbiyot 
fakultetiga o‘qishga topshiradi. Bazel vrachlikka o‘qish jarayonida matematikadan ham 
bilim olishga ham vaqt topa oldi va shuningdek, kema machtasida tovushning tarqalishi 


bo‘yicha yozgan dissertatsiyasini ham yozib tugatgan.o‘sha zamonning eng yirik 
matematik olimlar guruhi ham aynan Peterburgda jamlangan bo‘lib, Bernullining o‘zidan 
tashqari, Delil, Goldbax, Mayer hamda, Kraft singari eng yetuk matematiklar Eylerga 
ustozlik qilishgan. Shu sababli ham, Eylerning matematika sohasida amalga oshirgan har 
bir kashfiyoti va yangiliklari, jurnallarda bosilishidan avvalroq, odatda ilmiy doiralarda 
tezroq tarqalardi. Chunki, u bilan hamsuhbat bo‘lgan yoki, yozishmalar olib borgan 
olimlar, yosh Eylerning rejalarini va o‘tkir matematik iste'dodini o‘zaro ko‘p muhokama 
qilishgan.Eyler Peterburg Akademiyasida haqiqatan ham juda tez ko‘tarilgandi. Va 
odatda u yerdagi boshqa olimlar Eylerning iqtidoriga faqat havas qilish va qoyil qolishdan 
boshqa chora topa olishmasdi. U Peterburgda o‘z ustozlaridan ham juda tez o‘zib ketdi 
va odatda, Eylergacha bo‘lgan davrda ishlagan boshqa olim matematiklar, u haqida 
gapirishar ekan, "biz barchamiz bir bo‘lsak ham Eylerchalik bo‘lolmaymiz" - deyishardi. 
Boshqa matematiklarning, ayniqsa, ustozi Bernullining Eyler haqida va Eylerga qilgan 
murojaatlarda aytgan gaplari, olimning nufuzi qay darajada bo‘lganini yaqqol ko‘rsatib 
turadi. Xususan, Bernulli Eylerga yozgan xatlarining birida unga "Olimlar olimi bo‘lmish 
yosh matematik yigitcha Eylerga" - deb gap boshlaydi. Yana, ularning 1737-yilga oid 
yozishmalarining birida ustoz o‘z shogirdiga "Dunyodagi eng o‘tkir zehnli matematik - 
Leonard Eylerga" - deb yozilgan. 1745-yilda esa, endi Bernulli Eylerni "Tengsiz olim - 
matematiklar boshlig‘i Leonard Eyler" - deb atagan.1730-yillar boshida, Eyler ilmiy 
izlanishlar yuritish bilan birgalikda, elementar matematikaga oid kitoblar va darsliklar 
yozishga ham kirishadi. Ushbu yo‘nalishda uning dastlabki asari - "Arifmetikaga kirish" 
kitobi 1738-yilda nemis tilida nashr etilgan. 1739-yilda esa, Eyler ko‘pchilik uchun 
kutilmagan tarzda, "Musiqa nazariyasi" haqida asar yozadi va nashr ettiradi. Shu kitob 
chiqqach, endi odamlar Eylerni shunchaki o‘tkir zehnli matematik sifatida emas, balki, 
har tomonlama bilimdon, qomusiy olim sifatida taniy boshlashgan. Chunki, endi u qo‘l 
urayotgan mavzular shunchaki matematika doirasidan allaqachon tashqariga chiqib 
ketgan edi. Chunonchi, Eylerning Oyning Yer atrofida aylanishi ta'sirida dengiz 
qirg‘oqlarida suv ko‘tarilishi va qaytishiga oid asari izchilligi va faktlarning aniqligi bilan 
hammani, hatto, eng kuchli geograf va astronomlarini ham hayratda qoldirgan. Ushbu 
asar uchun Eyler o‘zining ilk ilmiy mukofotlaridan biri - Fransiya Fanlar Akademiyasi 
mukofotini qo‘lga kiritgan.Lekin, 1740-yilda Peterburgda biroz ichki siyosiy notinchlik 
yuzaga keldi. Taxt va hukumat regent ayol - Anna Leopoldovna qo‘l ostiga otdi va 
poytaxtda chet elliklarga nisbatan tahlikali vaziyat yuzaga keldi. Aynan shu paytda, 
Berlinda Prussiya qiroli Fridrix II Berlinda bir paytlar Leybnits asos solgan ilmiy 
Jamiyatni qayta jonlantirish haqida o‘ylayotgan edi. Uzoq yillar mobaynida qarovsiz va 
boshqaruvsiz qolgan Berlin Ilmiy Jamiyatini tiklash va qayta oyoqqa turg‘azish uchun 
eng munosib rahbar - Eyler bo‘ladi degan fikr bilan, Fridrix II Peterburgdagi elchiga 
Eylerni Berlinga taklif qilish vazifasini topshiradi. Rossiyadagi notinch vaziyatdan 
shundoq ham xavotirda yashayotgan Eyler, uzoq kuttirmay, Prussiya qirolining taklifini 
qabul qilgan.Berlinga yetib kelgach, Eyler avvaliga o‘zi yaxshi tanigan olimlar orasidan 
saralab olib, kichik bir ilmiy jamoa shakllantirdi. Keyinroq esa, aynan ushbu ilmiy jamoa 
asosida, Qirollik Fanlar Akademiyasi ishini tashkilladi. o‘zi ham ushbu akademiyadagi 
matematik bo‘limiga dekan lavozimida ish boshladi. Uning Prussiyada ishlari yana 
yurishib ketdi va ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i - 1743-yilda naq beshta yirik ilmiy asarlarini 
nashrga berdi. Ulardan to‘rttasi matematikaga oid bo‘lgan. Aynan ushbu asarlarda Eyler 


matematikada birinchi marta ratsional kasr sonlarni integrallash va doimiy koeffitsiyentli 
yuqori darajali chiziqli tenglamalarni integrallash usullari ko‘rib chiqilgan..
Leonard Eyler 1783-yilning 18-sentyabr kuni o‘z shogirdlari qurshovida, ilmiy 
muhokama jarayonida to‘satdan yuz bergan insult tufayli olamdan o‘tgan. Uni Sankt-
Peterburgdagi lyuteran qabristoniga dafn etilgan. 
Albatta, matematiklar, ushbu ilmning eng yetuk namoyondalaridan bo‘lgan 
Eylerdek buyuk matematikning xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘plab ishlarni amalga 
oshirishgan. Xususan, hozirda Pomir tog‘laridagi eng baland cho'qqilardan biri Eyler 
cho‘qqisi deb ataladi; Oydagi Eyler krateri va (2002)Eyler asteroidi ham olimning nomini 
abadiylashtirish uchun qo‘yilgan shon-sharaf yodgorliklaridandir. 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling