N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Download 319.11 Kb.
bet36/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

Referat belgilari
Referat birlamchi manbaning mazmunini so‘zma so‘z ko‘chirmaydi,balki birlamchi manba materialining tizimlashtirish va umumlashtirish, analitik-sintetik qayta ishlash natijasida yangi ikkilamchi matnni o‘zida aks ettiradi.
Referatning tarkibiy tuzilishi
1. Titul
2. Mundarija
3. Kirish
4. Asosiy qism
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
7. Ilovalar
Esse tayyorlash
Esse – nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyat turi hisoblanadi. Essening maqsadi mustaqil ijodiy fikrlash va o‘z fikrlarini yozma bayon qilishdan iborat. Mavzulariga ko‘ra, essening shakllari turli bo‘ladi. Bu o‘rganilayotgan masala bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlarning tahlili, ommaviy axborot vositalari materiallarining tahlili va muammoli vaziyatning kengaytirilgan fikrli batafsil tahlili, muammoni yorituvchi misollarning detallashtirilgan tahlili va h.k.
Essening rasmiylashtirilishida qo‘yiladigan talablar:
Esse kompyuterda bajariladi (garnitura Times New Roman, shrift 14) 1,5 qator oralig‘ida : yuqori, pastki - 2; o‘ng - 3; chap - 1,5. Birinchi yo‘nalish abzas - 1,25. Sahifalarda havola. Rasm va jadval ish matnida joylashtiriladi. Bunda jadvalning majburiy sarlovhasini jadval maydonining ustida joylashtirirlishi kerak va rasmlar esa rasmlar tagidagi yozuvlar bilan hamrohlik qiladi. Agar, essega bir necha jadvallar va rasmlar kirirtilsa, ularni raqamlashi lozim. Sahifalarni ham raqamlash majburiydir.Raqamlarni sahifaning pastki qismida- o‘rtasida yoki o‘ng burchagida qo‘yish maqsadga muvofiq.Titul varag‘i raqamlanmaydi, lekin sahifalarning umumiy soniga kirirtiladi. Esselarni hajmi ilovalarni inobatga olmagan holda 5 betdan oshmasligi lozim. O‘rnatilgan hajmdan sezilarli ortishi ishning kamchiligi hisoblanadi va talaba kerakli ma’lumotni tanlay va qayta ishlay ololmaganligini ko‘rsatadi .
Essening tuzilishi
1. Titul
2. Reja
3. Tanlangan mavzuning kirish bilan asoslanishi.
4. Materialning matn bayoni (asosiy qismi).
5. Xulosa (umumiy ish bo‘yicha)
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling