55
talab etiladi. Jismoniy formatlash operatsion tizimning xususiyat- laridan va yuqori darajali formatlash ko‘rsatkichlaridan (turli operatsion tizimlar uchun turli bo‘lishi mumkin) qat’iy nazar doimo bir xil bajariladi. Bu bitta qattiq diskda bir necha operatsion tizimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi. Bitta jamlagichda bir necha bo‘limlarni tashkil qilishda ulardan har biri alohida tom (volume) yoki mantiqiy diskni (logical drive) ifodalashi yoki o‘zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashi uchun foydalanish mumkin. Tizim tom yoki mantiqiy diskga harfli belgilanishni beradi.
Shunday qilib, qattiq diskning formatlanishi uch bosqichda bajariladi:
Quyi darajali formatlash.
Diskda bo‘limlarni tashkil etish.
Yuqori darajali formatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |