N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet2/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

KIRISH

Axborot jamiyat uchun moddiy yoki energetik, texnik va moliya resurslari kabi eng qimmatli resursdir. Axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va foydalanish jarayonlari axborot texnologiyasining elementlari bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini axborotga kompyuterli ishlov berish, katta ma’lumotlar massivini elektron tashuvchilarda saqlash, axborotni foydalanuvchiga qulay ko‘- rinishda tezkor yetkazish jarayonlari tashkil qiladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining farqli xususiyatlari foydalanuvchiga nisbatan keng ko‘lamdagi muloqat imkoniyat- lari, axborot va texnik resurslardan jamoa bo‘lib foydalanish, axborotga ishlov berish, saqlash va uzatishning qog‘ozsiz tex­nologiyasining mavjudligidir. Bu barcha xususiyatlar ijod qilish, kasbiy ko‘nikmalarni olish va mustahkamlash, zamonaviy boshqarish usullarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyat- larni beradi.

Kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada texnik va dasturiy vositalar ofis masalalarini va muassasa vazifalarini yechish uchun samarali qo‘llash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Ofis avtomatlashtirilgan tizimlari- ning maqsadi foydalanuvchining faoliyatini kompyuterlashtirish, hujjat aylanishining qog‘ozsiz texnologiyasini ta’minlashdan iborat.

O‘quv qo‘llanmada shaxsiy kompyuterlarning turlari, modellari va texnik ko‘rsatkichlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Alohida boblari tizimli platani, audio va video hamda tarmoq adapterini tanlash va o‘rnatishga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanma shunday tuzilganki, o‘quvchilar nafaqat ofis qurilmalarining tavsiflari va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilan tanishadilar, balki ularning tuzilishi, ishlash tamoyillari, foydalanish ish tartibini o‘rganadilar.

Alohida bo‘limlarda Windows operatsion tizimining fayl tizimlari va Partition Magic dasturi yordamida yangi bo‘limlarni yaratish jarayonlari yoritilgan. O‘quv qo‘llanmada ofisda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuterlarni takomillashtirish va elektr ta’minoti buzilishlaridan himoya qiluvchi qurilmalarga katta e’tibor berilgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan, lekin oliy o‘quv yurtlarining «Korxona servisi» yo‘nalishi talabalari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

1-bob. SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TURLARI, MODELLARI VA TEXNIK KO‘RSATKICHLARI


  1. Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling