N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet6/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Asosiy xotira hajmi. Asosiy xotira saqlash qurilmalarining ikki turidan tashkil topgan:

  • doimiy xotira qurilmasi DXQ (ROM - Read Only Memory), konstantalar va noma’lum boshqaruv dastur- larini saqlashga mo‘ljallangan, bunda axborot DXQdan faqat o‘qiladi;

  • tezkor xotira qurilmasi TXQ (RAM - Random Access Memory), axborotlarga ishlov beruvchi dasturlar ko‘rinishi- dagi axborotni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan.

Asosiy xotiraning afzalligi uning yuqori tezligi va saqlash matritsasining har bir xotira yacheykasiga murojaat qila olish imkoniyatidir. Asosiy xotira hajmi foydalanilayotgan protsessor turiga va uning so‘z uzunligiga bog‘liq, bu kompyuterning manzil maydoni deb ataladi. Dastlabki Intel 8086 protsessor asosidagi shaxsiy kompyuterlarda manzil maydoni 106 baytni, keyingi Intel 80486 protsessor asosidagi ShK larning manzil maydoni 4 • 109 baytni va Pentium IV protsessor asosidagi ShK modellarida bu maydon 64 • 109 baytni tashkil etadi.

Qattiq magnitli disklardagi jamlagich hajmi (QMDJ).



QMDJ hajmi odatda Gigabaytlarda o‘lchanadi, 1 Gbayt = 1024 Mbayt. 10 Gbaytli diskli xotira hajmi bugungi kunda yetarli hisoblanadi, lekin mutaxassislarning bashorat qilishlaricha yangi dasturiy mahsulotlarning har biri bir necha Gigabayt tashqi xotirani talab qilishi mumkin.

Kesh-xotira. Bu buferli, foydalanuvchi kira olmaydigan tezkor xotira bo‘lib, tezligi nisbatan past bo‘lgan xotira qurilmalarida saqlanuvchi axborot va operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik tarzda ishlatiladi. Masalan, asosiy xotiradan operatsiyalarni jadallashtirish uchun mikroprotsessor ichida registrli kesh- xotira tashkil qilinadi (birinchi darajali L1 kesh-xotira) yoki mikroprotsessordan tashqarida, tizimli platada (ikkinchi darajali L2 kesh-xotira) tashkil qilinadi; diskli xotiradan operatsiyalarni jadallashtirish uchun elektron xotira yacheykalarida kesh-xotira tashkil qilinadi (uchinchi darajali L3 kesh-xotira). Zamanoviy ShKlarda L1 kesh-xotiraning hajmi 16 Kbaytgacha, L2 kesh- xotiraning hajmi 256 Kbaytgacha bo‘ladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling