Ko‘p masalali ish tartibidan foydalanish imkoniyati. Ko‘p masalali ish tartibi bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar bo‘yicha (ko‘p dasturli ish tartibi) yoki bir nechta foydalanuvchilar uchun (ko‘p foydalanuvchili ish tartibi) hisoblashlarni bajarish imkonini beradi. Bu ish tartibida mashinaning bir necha qurilmalarining ishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish kompyuterning unumdorligini samarali oshirish imkonini beradi. Ayniqsa bu ko‘rsatkich uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqda, server vazifasini bajarayotgan, kuchli ishchi stansiya sifatida foydalanilayotgan kompyuter uchun juda muhim ahamiyatga ega.
ShKning ishonchlilik, narx, og‘irlik va o‘lcham kabi boshqa ko‘rsatkichlari iste’molchi talablariga doir ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |