N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Arifmetik-mantiqiy qurilma


Download 1.34 Mb.
bet10/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) sonli va simvolli axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalarning bajarilishini jadallashtirish uchun AMQ ga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi).

Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar - xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling