N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet18/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Tizimli blok tarkibiga, odatda, tizimli plata, elektr ta’minot bloki, diskli jamlagichlar, qo‘shimcha qurilmalar uchun razyomlarni va tashqi qurilmali adapterlari yoki kontrollerli kengaytirish platalari kiradi.

O‘z navdatida tizimli platada (ko‘pincha ona plata deb yuriti- ladi - motherboard) quyidagilar joylashadi:

  • mikroprotsessor;

  • tizimli mikrosxemalar (chipsetlar);

  • takt impulslar generatori;

  • TXQ va DXQ modullari (mikrosxemalar);




a) b) d)

1.4-rasm.
Tizimli blokning konstruksiyasi.




Ona plata. Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi.

Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305x244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244x244 mm) va FlexATX (229x191 mm).

Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi.

Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.

Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning takt- lash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan

farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar.

Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling