Chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
printerlar - axborotni qog‘oz yoki plenkali tashuvchilarga qayd qilish uchun mo‘ljallangan bosmaga chiqarish qurilmasi;
grafik quruvchilar (plotterlar) - grafik axborotlarni (gra- fiklarni, chizmalarni va rasmlarni) ShKdan qog‘ozli tashuvchilarga chiqarishga mo‘ljallangan qurilma.
ShK tarkibiga kiritish-chiqarish terminallari bilan bir qatorda murakkab hisoblash tizimlari va tarmoq kompyuterlari bilan bog‘lovchi (ulovchi) qurilmalarni kiritish ham mumkin. 1.1-rasmda bu turdagi ko‘p qo‘llanuvchi tarmoq adapteri ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa qurilmalariga analog- raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) va raqamli-analog o‘zgartirgich (RAO‘), ma’lumot uzatish multipleksorlari, modemlar, tarmoqdagi o‘zaro aloqa standartlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan interfeysli plata va kartalar kabi qurilmalar ham kiradi.
Yuqorida keltirilgan qurilmalarning ko‘pi multimediya ish tartibini ta’minlovchi vositalar guruhiga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |