N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet17/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Multimedia - bu apparat va dasturiy vositalarning majmuasi bo‘lib, insonga, muloqat uchun tabiiy bo‘lgan muhitlardan: tovush, video, tasvir, animatsiyalardan foydalish yo‘li bilan kompyuter orqali muloqot qilish imkonini beradi.

Multimediya vositalariga nutqli axborotni kiritish va chiqarish qurilmalari; mikrofon va videokameralar, kuchaytirgichlar, ovoz kolonkalari bilan akustik va videotasvir tizimlari, katta video ekranlar; tovush va videoadapterlar, videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni qamrab oladigan va ShKga kiritadigan videoqamrov platalari; hozirda keng tarqalgan, bosma matnlar va rasmlarni kompyuterga avtomatik tarzda kiritish imkonini beruvchi skanerlar; nihoyat, tovushli va video axborotlarni yozish uchun qo‘llaniladigan, katta hajmli optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari kiradi.

  1. Shaxsiy kompyuterning konstruksiya elementlari

Foydalanuvchining kompyuterlari sodda konstruksiyali ishlab chiqarilishida quyidagi asosiy bloklar mavjud deb qabul qilinadi:

  • tizimli blok;

  • monitor;

  • tashqi qurilmalar (printer, skaner);

  • klaviatura.

Monitor (axborotni vizuallashtirish qurilmasi) va klaviatura (boshqarish va simvolli axborotni kiritish qurilmasi) ko‘pincha terminal yoki displey deb nomlanuvchi yagona qurilma sifatida qaraladi.

Tizimli blok. Tizimli blok g‘ilofi turli shaklda, masalan, yassi quti (mini tower case) yoki minora ko‘rinishida (big tower case) bo‘lishi mumkin. Ba’zi tizimli bloklar monitor ichiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ayrim tizimli bloklarning (masalan, serverlarning) konstruksiyalari yon tomoni tor bo‘lgan modul ko‘rinishida tayyorlanishi mumkin.

  1. rasmda tizimli bloklarning uchta asosiy ko‘rinishlari ko‘r- satilgan: «a» - yassi quti ko‘rinishida; «b» - minora ko‘rinishida va «d» - korpus ichiga joylashtiriladigan yon tomoni tor bo‘lgan modul ko‘rinishida. Ular tashqi panellarida jamlagichlar uchun ajratilgan bo‘limlarga (1), elektr ta’minot bloklarining chiqishlariga (2) hamda turli ulanish elementlariga, elektr ta’minotini qo‘shish (yoqish) tugmalari, indikatorli yorug‘lik diodlari va razyomlarga ega.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling